So’nggi yangiliklar

18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  3 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  15 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5

"Lokomotiv"ga kumush medallar topshirildi Yangiliklar

"Lokomotiv"ga kumush medallar topshirildi

2014 yilgi O'zbekiston vice-chempioni va mamlakat kubogi sohibi Toshkentning "Lokomotiv" klubi mavsum yakunlariga bag'ishlangan tadbir o'tkazdi.
"O'zbekiston" mehmonxonasida bo'lib o'tgan taqdirlash marosimida O'FF vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev va PFL bosh direktori Farhod Magometov "Lokomotiv" klubi vakillariga 2014 yilgi mamlakat chempionati kumush medallarini topshirishdi.

Klub bosh homiysi hisoblangan O'zbekiston temir-yo'llari DATK esa murabbiylar, futbolchilar va xodimlarga sovg'a sifatida so'nggi rusmdagi televizor taqdim etdi.

Tadbirda ishtirok etgan O'zbekiston temir-yo'llari DATK rahbari Ochilboy Ramatov o'z fikrlarini bildirdi: "Lokomotiv" bu yil O'zbekiston chempionatida 2-o'rinni band etdi. O'zbekiston kubogi finalida esa g'olib chiqdi. Biz "Lokomotiv"miz, doimo birinchi bo'lishimiz kerak! SHu sababli 2015 yil biz uchun yanada qiyin bo'ladi. Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida jiddiy va kuchli raqiblar bilan o'ynaymiz. Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi Osiyoning eng kuchli klublaridan biri. Biz ushbu jamoani mag'lub etmoqchimiz. Futbolchilar maydonda halol o'yin namoyish etib g'olib chiqaverishsa biz ularga barcha sharoitlarni yaratib berishda davom etaveramiz. Barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman".

Bayram kechasiga "Fano" guruhi, estrada yulduzlari Ulug'bek Rahmatullaev va Hilola Hamidova o'z qo'shiqlari bilan o'zgacha zavq bag'ishlashdi. Taniqli so'z ustasi SHukurullo Isroilov esa yig'ilganlarni o'zining ichakuzdi hangomalari bilan quvontirdi.

"Lokomotiv" klubi ishtirokida o'tgan o'yinlarda urilgan gollar namoyish etilayotgan vaqtda marhum futbolchi Aleksandr SHadrin ham yodga olindi. Bu bilan klub vakillari sobiq hujumchiga ehtirom ko'rsatishdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика