So’nggi yangiliklar

02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  3 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  1 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  18 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  28 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  0 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  3 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  3 22:53ОЧЛ 2. "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйинда ҳам дуранг қайд этилди  23 22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  3 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  128 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  6 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  35 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  14

"Lokomotiv"da o'zini ko'rsatgan legionerlar Yangiliklar

"Lokomotiv"da o'zini ko'rsatgan legionerlar

O'tgan yillar mobaynida "Lokomotiv"da bir nechta xorijlik futbolchilar o'ynab ketdi.

Yaxshi bilasiz, "Lokomotiv"ning oliy ligadagi dastlabki ishtiroki 2004 yilga to'g'ri keladi. SHundan beri jamoa 2011 yilni hisobga olmaganda faqat elitada ishtirok etib kelmoqda. 

Quyida o'tgan yillar mobaynida "temiryo'lchilar" safida o'zini ko'rsatgan 10 nafar legionerni keltirib o'tamiz. 


Everton Kavalkante (Braziliya)

O'ynagan yili: 2006, 2007, 2008.

Ko'pchilik Everton Kavalkanteni juda yaxshi eslasa kerak. Braziliyalik futbolchi "temiryo'lchilar" safida uch mavsum to'p tepib, o'zidan iliq taassurot qoldirgandi. U ayniqsa tezkor va abjir harakatlari bilan ajralib turardi.


Aleksandr Filimonov (Rossiya)

O'ynagan yili: 2009, 2010. 

O'zbekiston chempionatida ikki mavsumni o'tkazgan rossiyalik darvozabon "Loko"ning etakchilaridan biriga aylanib, unga hatto sardorlik bog'ichi ishonib topshirilgandi. Filimonov katta tajribaga ega emasmi, "Lokomotiv"da ham o'zini ko'rsata olgan.


Kaxi Maxaradze (Gruziya)

O'ynagan yili: 2009, 2010, 2016, 2017, 2020.

Kaxi Maxaradze shubhasiz jamoa muxlislarining eng suyukli futbolchilaridan biri hisoblanadi. 2009 yil O'zbekistonga kelgan futbolchi shundan beri yurtimizda faoliyat yuritmoqda. Kaxi qaysi jamoada o'ynamasin, o'zini to'liq namoyon eta olgan.


Evgeniy Gogol (Rossiya)

O'ynagan yili: 2010, 2013.

Gogolning ham O'zbekistondagi ilk klubi "Lokomotiv" hisoblanadi. Bir mavsum jamoamiz safida to'p tepgan rossiyalik himoyachi shundan so'ng uch yilni Olmaliqda o'tkazdi. So'ngra yana "temiryo'lchilar" tarkibiga qaytib bir mavsum harakat qilgandi. 


Jora Oganesyan (Armaniston)

O'ynagan yili: 2012

"Lokomotiv"da Xoren Oganesyan ishlagan yil o'zi bilan o'g'lini ham olib kelgandi. Aytish mumkinki, Jora Oganesyan ham ancha iqtidorli futbolchi ekan. U bir mavsum "Loko"da o'ynab o'zidan yaxshi taassurot qoldirgan hamda "Paxtakor"ga o'tib ketgandi.


Akmal Xolmatov (Tojikiston)

O'ynagan yili: 2013, 2014.

"Lokomotiv" 2012 yil oliy ligaga qaytgach yangi davr yoza boshladi. 2013 yil tarkibga legionerlardan Akmal Xolmatov taklif etilgandi. Ikki mavsumni "temiryo'lchilar" libosida o'tkazgan Xolmatov katta tajribasi tufayli bir nechta o'yinlarda jamoaga yordam berdi.


Nemanya Yanichich (Serbiya)

O'ynagan yili: 2015, 2016. 

Bo'ydor himoyachi Yanichich asosan o'zining kamtarinligi bilan ajralib turardi. Faoliyatining ikki yilini "Lokomotiv"da o'tkazgan serbiyalik himoyachi maydonda o'zini tutishi bilan ko'pchilikka o'rnak bo'la oldi. U OCHLda ham o'zini ko'rsatdi.


Igor Yelich (Serbiya)

O'ynagan yili: 2018, 2019.

"Lokomotiv"ga AGMKdan kelgan Igor Yelich uchun ayniqsa 2018 yilgi mavsum har jihatdan omadli kelgandi. Lekin o'tgan yil uning o'yini bir chiqib bir qovushmadi. SHunga qaramay Yelich ham mazmunli harakat qildi va klub tarixiga o'z nomini yozib qo'ydi. 


Yovan Jokich (Serbiya)

O'ynagan yili: 2019

Serbiyalik yana bir futbolchi Yovan Jokich o'tgan mavsum "temiryo'lchilar" sharafini himoya qildi. Bu futbolchi ham AGMKdan tashrif buyurgandi. Jokich bir yil jamoamizda o'ynab so'ngra yana Olmaliqqa qaytib ketdi. O'tgan yil u Superligada 24 bor maydonga tushdi. 


Arslanmirat Amanov (Turkmaniston)

O'ynagan yili: 2019

Turkmaniston terma jamoasi sardori Arslanmirat Amanov ham o'tgan yil "temiryo'lchilar" safida faoliyat olib bordi. Superligada 23 o'yinda maydonga tushgan futbolchi 4ta gol urdi. Amanovning kuchidan foydalansa u juda foydali ekanini isbotlay oldi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика