So’nggi yangiliklar

09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  1 09:15Ямал тарихга кирди  5 08:41Дембеле тарихда ушбу натижага эришган 10-футболчи бўлди  9 08:09Месси Дембелени табриклади  6 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  4 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  120 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  5 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  8 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  6 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6

"Lokomotiv" Turkiyadagi birinchi o'rtoqlik o'yinida durang qayd etdi Yangiliklar

"Lokomotiv" Turkiyadagi birinchi o'rtoqlik o'yinida durang qayd etdi

28 yanvardan Turkiya yig'inini boshlagan "temiryo'lchilar" dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi.

"Lokomotiv" yig'in davomida to'rtta sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushishni maqsad qilgan. Jamoaning birinchi o'yini Ukraina klubi "Desna"ga qarshi kechdi. Malumot uchun, "Desna" Ukraina oliy ligasida 3-o'rinda boryapti. 

"Loko" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra mazkur bellashuvda ikki xil tarkibni sinab ko'rdi. Birinchi taymda quyidagi futbolchilar asosiy tarkibdan o'rin olishdi: Javohir Ilyosov, Dilshod Komilov, SHerzod Fayziev, Jaloliddin Jumaboev, SHuhrat Muhammadiev, Sadriddin Abdullaev, Azizbek Amonov, Diyor Turopov, G'ulom-Haydar Gulyamov, Sanjar Qodirqulov, Temurxo'ja Abduxoliqov.

Ikkinchi bo'limda esa ushbu futbolchilar o'yinni boshlashdi: Abdumavlon Abdujalilov, Xurshid Muxtorov, Diego Bardanka, Islom Qobilov, Farrux Ibrohimov, Kaxi Maxaradze, Javohir Sidiqov, Islom Rashidxonov, Avazbek O'lmasaliev, Javohir Alijonov, Marat Bikmaev.

O'yin tugashiga 15 daqiqa qolganida zaxiradan Bobur Asqarov bilan Ibrohim G'anixonov tushirildi.

Uchrashuv "Loko" ustunligida kechdi. "Temiryo'lchilar" bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirishdi, lekin gol urish nasib etmadi. SHu tariqa "temiryo'lchilar" Turkiyadagi ilk nazorat bahsida 0:0 hisobini qayd etishdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика