So’nggi yangiliklar

14:38Россия – Иордания учрашувини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  0 14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  3 13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  1 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  2 12:21Бенту қўлдан чиқди, навбат Гжегож Бржэнчшчикиевичга  71 12:00Анчелотти Неймарнинг Бразилия термасига нега чақирилмаганини изоҳлади  2 11:34Аргентина терма жамоаси собиқ бош мураббийи Бразилияда иш бошлади  2 11:13 Н'Голо Канте "Париж"га ўтиши мумкин эди  1 10:50Ислом Исмоилов: "Шогирдларим рақиб ким эканлигига қарамай ҳужумкор ўйин кўрсатишга интилишди"  12 10:30"Муҳсин, биз сен билан!"– Самарқандда ўзбек футболи юлдузлари иштирокида хайрия учрашуви ўтказилади  11 10:05"Аталанта" Лукманни жамоада олиб қолмоқчи   0 09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   2 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  6

"Lokomotiv" stadionida muzey tashkil qilinadi Yangiliklar

"Lokomotiv" stadionida muzey tashkil qilinadi

"Lokomotiv" futbol klubi rahbariyati tashabbusi bilan TTZ dahasida joylashgan "Lokomotiv" stadionida muzey tashkil qilinadi.
Bilasiz, futbol klubimiz 2002 yilda tashkil etilgan va shundan beri faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

"Lokomotiv" bu yil 13 yoshni qarshi oldi. Albatta, bu o'zbek futboli oldida katta raqam emas, lekin shu qisqa vaqt ichida "temiryo'lchilar" ozmi-ko'pmi yutuqlarga erishishdi. Xususan jamoamiz o'tgan yil milliy chempionatni ikkinchi o'rinda tugatdi, O'zbekiston Kubogida g'olib bo'ldi, shuningdek, bu yil O'zbekiston Superkubogida zafar quchdi.

Barchaga yaxshi malum, "Lokomotiv" o'z oldiga faqat yuqori maqsadlarni qo'yadi va jamoamiz professionallik sari odimlashda davom etmoqda. Endilikda klubning o'z oldiga qo'ygan asosiy vazifalaridan biri stadion hududida muzey tashkil etish hisoblanadi. Buning uchun Siz aziz muxlislarning ham yordami kerak bo'ladi.

Agar sizda "Lokomotiv"ga oid suvenir yoki boshqa narsalar bo'lsa, bemalol "Lokomotiv" futbol klubi muzeyiga topshirishingiz mumkin. Yaxshi bilasiz, dunyodagi ko'plab jamoalar o'z muzeylariga ega va stadionga kelgan muxlislar muzeyni aylanish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Bizning niyatimiz mana shunday chiroyli "Lokomotiv" muzeyini tashkil qilish.

Buning uchun bemalol bizga murojaat qilishingiz mumkin. Murojaat uchun quyidagi elektron pochtaga xat yozing yoki telefon orqali biz bilan bog'laning.

Elektron manzilimiz: lokomotiv.fans@mail.ru
Telefon raqamlarimiz: +99871 286 24 12, +99891 642 31 89 (Xayrulla)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика