So’nggi yangiliklar

18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  4 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  7 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  6 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0

“Lokomotiv” sport direktori Ravshan Muqimov: “PFL rahbari bo'ladigan odam birinchi navbatda mutaxassis bo'lishi kerak” Yangiliklar

“Lokomotiv” sport direktori Ravshan Muqimov: “PFL rahbari bo'ladigan odam birinchi navbatda mutaxassis bo'lishi kerak”

PFL rahbari klublar tomonidan saylanishi kerakmi yoki O'FA tomonidan tayinlanishi lozimmi?

Bu borada kechagi “Tezkor Studiya” loyihasida “Lokomotiv” klubida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis, jamoa sport direktori Ravshan Muqimov fikrlarini bildirdi.

“Saylanadimi yoki boshqami buni farqi yo'q. Eng asosiysi kelayotgan odam shu ishni mutaxassisi bo'lishi kerak. Kim kelsa ham shu ligani ko'taraman, klublarni kuchaytiraman, rivojlantiraman degan maqsadda kelishi lozim. Ruschada aytganda avtoritetni o'zini ishini yaxshi biladigan odam kerak.

SHaxsan o'zimda to'g'risi bironta ko'rsata oladigan nomzodim yo'q. Yaxshi bir nomzod topib bering, qani o'sha yo'q. Hozir mana bolalar futboli haqida ham gapirildi. Biz borini ham yo'qotib yubordik. Turli chempionatlar, musobaqalar, turnirlarga olib bordik. Oldinlari stadionlarga 30 mingdan kam odam kelmasdi. Biz Namanganga o'ynagani borganimizda 60 mingacha muxlis kelardi. Hozirgi kelayotgan 25 ming odam u payt bilan solishtirganda hech narsa emas.



Hozir faqat futbolda emas, maktab va boshqa sohalarda ham kadr yo'q. Hamma pul topish bilan ovora bo'ldi, o'qishni o'ylamadi hech kim. Bor stadionlar yo'q bo'lib ketdi. Oldinlari har bir hududni va klubni o'z maktabi bo'lardi. Har bir jamoani sodiq o'yinchisi bo'lardi, hozirgidek sotqinlar yo'q edi hisob.

Hozirda zamon zayli bilan barcha klublar endi o'z akademiyasini qurishni boshladi. “Bunyodkor” va “Paxtakor” o'z vaqtida futbol maktabiga asos solib qo'ydi. Aslida barchada infratuzilma shunaqa bo'lishi kerak. PFLda kim kelishidan qatiy nazar malum bir aniq tizim ishlashi lozim”,- deydi "Lokomotiv" sport direktori.


Kechagi "Tezkor studiya"ni quyida tomosha qilish mumkin:  


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика