So’nggi yangiliklar

01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  0 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47

“Lokomotiv” – “Nasaf” o'yini oldidan Rauf Inileev qanday fikrda? Yangiliklar

“Lokomotiv” – “Nasaf” o'yini oldidan Rauf Inileev qanday fikrda?

Bugun O'zbekiston Kubogining yarim final, javob uchrashuvi bo'lib o'tadi. Toshkentda “Lokomotiv” – “Nasaf”ni qabul qiladi.

Yodingizda bo'lsa ushbu jamoalarning ilk to'qgashuvida qarshiliklar 2:0 hisobida zafar quchgandi. Xo'sh, bu safar kimning omadi choparkin? Milliy terma jamoamizning sobiq bosh murabbiyi Rauf Inileevdan mazkur uchrashuv oldidan fikrlarini so'radik. 

- Avvalo yaqindagina bo'lib o'tgan “Paxtakor” – “Lokomotiv” uchrashuvi haqida qisqacha to'xtalib o'tsam. O'yin qiziqarli va shiddatga boy tarzda kechdi. “Temiryo'lchilar” tarkibida mahoratli o'yinchilar talaygina edi. Bu esa ularning imkoniyatini o'yindan oldin biroz oshirgandi. Ammo nisbatan yosh tarkibga ega bo'lgan “Paxtakor” ham o'z maydonida osonlikcha taslim bo'lmaslikka urinishi turgan gap edi. Yakunda shunday ham bo'ldi. Birinchi golda “Loko” darvozani biroz qaltis xarakat qildi. Garchand u to'pni qaytarishga borini bermasin baribir darvoza to'ri ishg'ol etildi. SHundan so'ng “sherlar” asosiy etiborini himoyaga qaratgan xolda, qarshi hujum taktikasi ostida xarakat qildi. Natijada ular yana gol urishga erishdi. 

- “Paxtakor”dan uchralgan mag'lubiyat “temiryo'lchilar”ning chempionlikka bo'lgan imkoniyatini biroz bo'lsada pasaytirib yubordi. Endilikda ular asosiy etiborini Kubok o'yinlariga qaratsa ajab emas. Lekin bugun “Nasaf” bilan uchrashuv ham oson bo'lmaydi. Qarshiliklar qanday himoyalanishni biladi. Ular birinchi navbatda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormaslikka xarakat qilishi aniq. Qiziqarli o'yin bo'lishini tahmin qilyapman. Qarshiliklarning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini 55 foizga baholagan bo'lardim. 

- Darvoqe, yarim finaldagi yana bir juftlik – “Paxtakor” – “Bunyodkor” uchrashuvi ham qiziqarli va keskin o'tadi deb o'yla yman. 

- O'zbekiston Kubogining bu yilgi sohibi qaysi jamoa bo'lishini hozirdan aytish biroz mushkul. Adashmasam final noyabr oyining so'nggi kunlarida bo'ladi. Ungacha jamoalarning xolati turlicha bo'ladi – deydi Rauf Talgatovich. 

Islombek Rustambekov yozib oldi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика