“Lokomotiv” – “Nasaf” oldidan. SHaxboz Beg'amov: "Nasaf" - favorit"
24 mar 2014 14:53
Yangiliklar


“Lokomotiv” – “Nasaf” oldidan. SHaxboz Beg'amov: "Nasaf" - favorit"
"Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvidan oldin saytimiz xodimlarining fikrini berishda davom etamiz.
"Bu o'yinda biz ko'proq hujumkor bahsni ko'rsak kerak. Bu jamoalar bosh murabbiylari hujumkor uslubda o'ynashni yoqtirishadi. "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvidan ko'proq muxlislar yutishi aniq. Aynan ular uchun tomoshabop bahs bo'ladi. Har ikkala jamoa ham hozirda o'zining optimal formasida bo'lmasligi mumkin, lekin bu klublarda tajribali va kuchli ijrochilar jamlanishgan. Garchi o'yin safarda bo'lishiga qaramay, biroz ustunlikni "Nasaf" jamoasiga berardim. Ro'ziqul Berdiev jamoasida Abramovnikiga nisbatan jamoaviy o'yin yuqoriroq sifatga ega hozirda. Bu o'yinda "Nasaf"ni favorit degan bo'lardim. "Lokomotiv"da nomlar kuchliroq, jamoa emas. O'ylaymanki, bu o'yin muxlislarga haqiqiy futbol-shousini taqdim etib beradi", - deydi SHaxboz Beg'amov.

Fikrlar