“Lokomotiv” – “Nasaf” oldidan. Kamoliddin Alimov: "Bugun durang bo'lsa kerak"
24 mar 2014 15:31
Yangiliklar

“Lokomotiv” – “Nasaf” oldidan. Kamoliddin Alimov: "Bugun durang bo'lsa kerak"
"Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvidan oldin saytimiz xodimlarining fikrini berishda davom etamiz.
"Oradan roppa-rosa ikki yil o'tib bu ikki jamoa yana milliy chempionatimizning 2-turida, boz ustiga Toshkentda to'qnash kelishyapti. Ikki yil avval "Lokomotiv" o'z maydonida "Nasaf"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Nosir Otaqo'ziev tomonidan kiritilgan yagona gol qarshiliklarga muhim uch ochkoni taqdim etgan edi. Ammo hozir vaziyat o'zgargan.
Bugungi "Loko"ni ikki yil avvalgisi bilan taqqoslab bo'lmaydi. Ayniqsa, bu yil jamoa rahbariyati tarkibga Ignatiy Nesterov, Jasur Hasanov, Lutfulla To'raev singari tajribali futbolchilarni qo'shib oldi. "Temiryo'lchilar" bir o'q bilan ikki quyonni urishdi. O'zlari kuchayishdi, asosiy raqibni esa zaiflashtirishdi. O'z o'rnida "Bunyodkor" ham xuddi shunday usulni "Paxtakor"ga nisbatan qo'llagan edi. "Lokomotiv" bosh murabbiyligiga Vadim Abramovning tayinlanishi ham Toshkent klubi foydasiga ishlaydi.
Klub rahbariyati tomonidan transferlarga juda katta mablag' sarflandi. Bu pullarni oqlash futbolchi va murabbiylarga qoldi. Endi "Nasaf"ga kelsak, Ro'ziqul Berdiev jamoasi ham bu yil o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yishi tayin. Mablag' jihatdan Qarshi jamoasi "Nasaf"dan aslo qolishmaydi. Lekin chempionlik unvoni bitta. Qolaversa, tarkibini to'laligicha saqlab qolgan "Paxtakor" ham bu yil o'z so'zini ayta boshladi.
SHaxsiy fikrim, bugungi "Lokomotiv" - "Nasaf" o'yinida durang natija qayd etiladi. Ikki kun yoqqan yomg'ir maydonning sifatiga tasir o'tkazmagan. Hozir yomg'ir tingan va ayni futbol o'ynaydigan ob-havo. Agar maydon egalari bugun tezkor gol ura olishsa, balki kichik hisobda g'alaba qozonishar. Ko'ramiz, bu futbol... u aynan kutilmagan holatlari bilan ham qiziq", - deydi Kamoliddin Alimov.

Fikrlar