“Lokomotiv” – “Nasaf” oldidan. Abror Qodirov: "Abramov - favorit"
24 mar 2014 15:14
Yangiliklar

“Lokomotiv” – “Nasaf” oldidan. Abror Qodirov: "Abramov - favorit"
"Nasaf"ga qiyin bo'ladi. "Lokomotiv"ni 3ta asosiy faktor sabab favorit hisoblayman.
Eng avvalo, "temir yo'lchilar" o'z maydonida harakat qiladi. Stadionda "Nasaf" muhlislari maydon egalarinikidan ko'proq bo'lishiga shubha qilmasam-da, baribir safar o'yini - safar o'yini.
Ikkinchidan, bosh murabbiy faktori. Vadim Abramovni kuchli taktik sifatida bilamiz va bu jihatdan u mamlakatning istalgan murabbiyidan kuchliroq. Bu o'yinda ham qarshiliklarga qarshi "qurol" topa olishiga ishonchim komil.
Uchinchidan esa tarkib borasida "Loko" Oliy Liga jamoalarining hammasidan kuchliroq. "Bunyodkor"dan ham, "Nasaf"dan ham.
Gapning indallosi, "Lokomotiv" kichik hisobda "Nasaf"ni engadi deb o'ylayman. Taxmin-da.

Fikrlar