So’nggi yangiliklar

00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   31 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  217 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  2

Superliga. Bikmaevning xet-triki "Loko"ga "Nasaf" ustidan g'alabani taqdim etdi Yangiliklar

Superliga. Bikmaevning xet-triki "Loko"ga "Nasaf" ustidan g'alabani taqdim etdi

Teglar :  LokomotivNasaf
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

O'yin boshlandi.


Andrey Fyodorov va Ro'ziqul Berdiev 3 markaziy himoyachi bilan o'ynamoqda. "Lokomotiv" bugun 3-5-2 taktik sxemasini maqul ko'rgan bo'lsa, "Nasaf" 3-4-2-1 taktik sxemasini tanlagan.

"Lokomotiv" markaziy himoya chizig'idan Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev va Kaxi Maxaradze o'rin olgan. "Nasaf"da esa Odil Hamrobekov, G'olib G'aybullaev va Umar Eshmurodov markaziy himoya chizig'idan o'rin olishgan.

"Lokomotiv" uchrashuvning 6-daqiqasida hisobni ochishga erishdi. SHuhrat Muhammadievning o'ng qanotdan oshirgan to'pini Bikmaev boshi bilan darvozaga to'g'rilab qo'ydi.

"Lokomotiv" katta tashabbus bilan o'ynamoqda. To'p nazorati va ustunlik to'liq "temiryo'lchilar" tomonidan. "Nasaf" esa yosh tarkibi bilan hozircha faqat himoyalanish bilan band.

SHarof Muhitdinovning jarima zarbasidan tepgan to'pi xavfli, ammo biroz noaniq chiqdi.

"Nasaf"ning chap qanotdan o'ngga ko'chgan hujumini SHarof Muhitdinov o'zining kuchli va aniq zarbasi orqali golga aylantirdi - 1:1.

"Lokomotiv"ning xavfli hujumi gol bo'lishiga bir bahya qoldi. Bikmaev va Mirzaev juda qulay vaziyatda to'pni darvozaga to'g'irlay olishmadi. Hamrobekov to'pni darvoza chizig'i oldidan qaytarib yuborishga muvaffaq bo'ldi.

Qarshidan tashrif buyurgan muxlislar o'z suyuklilarini ancha faol tarzda qo'llab-quvvatlashmoqda. "Lokomotiv" muxlislar guruhi esa hozircha kuy-qo'shiqlar ijrosi bilan band.

"Nasaf"ning xavfli hujumini Bobir Abdixoliqov o'zining noaniq zarbasi bilan ko'kka sovurdi. Bobir tepgan to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Oleg Zoteevning jarima maydonchasiga oshirgan to'pini Marat Bikmaev yana boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi - 2:1.

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

SHarof Muhitdinovning jarima zarbasidan tepgan to'pi jonli-devorga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. "Nasaf" hisobni tenglashtirish uchun oldinga bormoqda. Ammo hozircha "temiryo'lchilar" mudofaa chizig'i raqibning pozicion hujumlarini bartaraf etishda bexato o'ynamoqda.

"Nasaf"ning hujumini "Lokomotiv" himoyachilari katta qiyinchilik bilan bartaraf etishmoqda.

Marat Bikmaev uchrashuvda xet-trik qayd etdi. Oleg Zoteevning to'p uzatishidan so'ng Bikmaev jarima maydonchasi ichidan "Nasaf" darvozasini uchinchi bor ishg'ol etdi - 3:1.

- O'yin tugadi.


Lokomotiv

Marat Bikmayev - 6', Marat Bikmayev - 45', Marat Bikmayev - 63'

Superliga. 17-tur

18/07/2018, 21:00

1
:
3
Tugadi

Nasaf

Sharof Muhitdinov - 23'

45'
90'
6'  Marat Bikmayev
28'  Kaxi Maxaradze
45'  Marat Bikmayev
62'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Husniddin G’ofurov)
63'  Marat Bikmayev
73'  Sardor Mirzayev (Ikrom Aliboyev)
78'  Marat Bikmayev (Sardor Rashidov)
23'  Sharof Muhitdinov
45'  Bobir Abdixoliqov
65'  Boburbek Davlatov (Islom Rashidxonov)
73'  Islom Kenzhaboev (Amirzhon Safarov)
83'  Bobir Abdixoliqov (Xudoyorxon Sagdullaev)

"Lokomotiv" - "Nasaf" 3:1 

Gol: Marat Bikmaev (6, assist: SHuhrat Muhammadiev, 45, assist: Oleg Zoteev, 63, assist: Oleg Zoteev), SHarof Muhitdinov (23, assist: Doniyor Narzullaev)

"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 7. Sadriddin Abdullaev, 10. Marat Bikmaev (27. Sardor Rashidov, 78), 11. Timurxo'ja Abduholiqov (19. Xusniddin G'ofurov, 62), 15. Sardor Mirzaev (9. Ikrom Aliboev, 73), 20. Islom To'xtaxo'jaev, 22. Sanjar SHoahmedov, 28. SHuhrat Muhammadiev, 33. Oleg Zoteev, 55. Anzur Ismoilov.
Zaxira: 12. Mamur Ikromov, 14. Azizbek Amonov, 21. Nikolay Pogrebnyak, 23. Idris Bikmaykin, 80. Farruh Ibragimov, 88. Igor Yelich.

"Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 5. G'olib G'aybullaev, 7. Odiljon Hamrobekov, 10. Bobir Abdiholiqov (30. Xudoyorxon Sadullaev, 83), 14. SHarof Muhiddinov, 17. Doniyor Narzullaev, 18. Bobur Davlatov (27. Islom Rashidxonov, 65), 20. Islom Kenjaboev (9. Amirjon Safarov, 73), 31. Saydullo Rahmatov, 38. Akmal Mozgovoy, 92. Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 65. Mashhurjon Muhammadjonov, 4. Maqsud Karimov, 6. Azizjon G'aniev, 15. Dilshod Saitov,  28. Xurshidbek Muxtorov.

Reyting: -39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика