So’nggi yangiliklar

21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  0 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  0 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  4 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  6 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  7

"Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuviga tashrif buyuring Yangiliklar

"Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuviga tashrif buyuring

Teglar :  MetallurgLokomotiv
O'zbekiston Superligasi-2018 ertaga 2-tur uchrashuvlari bilan davom ettiriladi.

Tur doirasidan o'rin olgan qiziqarli tarzda kechishi kutilayotgan bellashuvlardan birida O'zbekistonning 2 karra chempioni - "Lokomotiv" Bekobodning "Metallurg" jamoasini qabul qiladi.

Mazkur uchrashuv "Lokomotiv" stadionidagi yangi mavsumdagi ochilish bahsi bo'ladi.  SHu boisdan "temiryo'lchilar" jamoasi mazkur o'yinga ancha jiddiy hozirlik olib bordi.  O'yinni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida "Lokomotiv" stadionida ham ayrim tamirlash ishlari olib borildi.  Stadionda oilaviy sektor tashkil etildi.  Endi stadionga farzandlari bilan birgalikda tashrif buyuradigan muxlislar uchun ham qulayliklar yaratildi.  SHuningdek,  "Lokomotiv" rasmiy do'koni ham faoliyat ko'rsata boshladi.  Klub rasmiy do'konida ishqibozlar klub atributkalari,  jamoa liboslari hamda sport kiyimlarini harid qilishlari mumkin.

9 mart kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvda "Lokomotiv" stadionining 1-8 sektorlari uchun biletlar bepul tarzda taqdim etiladi.  Qolaversa,  o'yin boshlanishi oldidan katta koncert dasturi bo'lib o'tadi.

Takidlab o'tamiz,  "Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuvi 9 mart kuni TTZ dahasidagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi.  O'yin soat 20:00da start oladi.  Futbol ishqibozlari soat 18:00dan boshlab stadionga tashrif buyurishlari mumkin bo'ladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика