So’nggi yangiliklar

17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  0 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  7 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  4 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5

Lokomotiv kiberfutbolchisi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston sharafini himoya qiladi Yangiliklar

Lokomotiv kiberfutbolchisi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston sharafini himoya qiladi

O'zbekistonda Elektron kompyuter sporti federaciyasi tashkil etildi, "Lokomotiv" kiberfutbolchisi Osiyo o'yinlaridagi sinov musobaqasida ishtirok etadi.

O'zbekiston virtual sport o'yinlari va kiberfutbol federaciyasi o'z faoliyatini yanada professional tarzda tashkil etish va xalqaro standartlar talabiga moslashish maqsadida bir qator tashkiliy o'zgarishlarni amalga oshirdi. Endilikda tashkilot O'zbekiston elektron kompyuter sporti federaciyasi deb nomlanadi.

Rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo'yayotgan tashkilot o'z nizomini qayta ko'rib chiqib, unda belgilangan maqsad va vazifalariga o'zgartirishlar kiritgan hamda faoliyat ko'lamini yanada kengaytirgan.

6 avgust kuni federaciya yangi nom bilan Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Tashkilotga O'zbekistonda elektron o'yinlar, kompyuter sporti va kiberfutbolni rivojlantirish hamda respublika hududida turnirlarni tashkil etish huquqi berildi. SHuningdek, federaciya ushbu yo'nalishdagi murabbiy va kibersportchilarni tayyorlash bo'yicha ham vakolatli muassasa sifatida belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston elektron kompyuter sporti federaciyasi faoliyati davomida Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligining virtual sport turlariga oid qarorlari ijrosini taminlashda faol ishtirok etadi.

Yana bir necha kundan so'ng Indoneziyada boshlanadigan Osiyo o'yinlarida elektron sport yo'nalishi bo'yicha musobaqa tajriba-sinov tariqasida ilk marta o'tkaziladi. Unda Elektron kompyuter sporti federaciyasi azosi, Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi kiberatleti Sanjar Usmonov O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Malumot uchun, 2022 yilgi Osiyo o'yinlarida kibersport rasman musobaqa dasturidan o'rin oladi va unda kibersportchilar medallar uchun kurash olib boradilar.

Yaqin yillar ichida esa sportning bu turi Olimpiada dasturiga ham kiritilishi mumkin.

Reyting: -102   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика