"Lokomotiv" istirohat bog'ida "Loko" futbolchilaridan dastxat-shou
17 mar 2019 20:52
Yangiliklar
"Lokomotiv" istirohat bog'ida "Loko" futbolchilaridan dastxat-shou
Uch soatga yaqin davom etgan tadbir istirohat bog'iga tashrif buyurgan hamyurtlarimizda, ayniqsa o'smir-yoshlarda iliq taassurot qoldirdi. CHunki yoshlar o'zlarining sevimli futbolchilari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
O'lkamizda bahor havosi kezib yuribdi, Navro'z yaqin, shu bois bunday tadbir o'tkazish ayni muddao bo'ldi. Aytish mumkinki, bugungi uchrashuv "Lokomotiv" istirohat bog'ining majoziy manoda ochilish mavsumini boshlab berdi. Futbolchilar o'z muxlislariga dastxat ulashib esdalik suratga tushishdi. Tadbir davomida bir guruh sanatkorlar va guruhlar ham o'z chiqishlari bilan saylga kelganlarni xushnud etishdi. Bir so'z bilan aytganda, bugungi tadbir hammada iliq taassurot qoldirdi.
"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.









O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar