So’nggi yangiliklar

13:20Галлахер АПЛга қайтиши мумкин  0 12:52Перес Родрини "Реал"га сотиб олмоқчи ва шахсан ўзи музокара ўтказишга тайёр  3 12:22"Атлетико" италиялик футболчини харид қилади  0 11:58"Реал"да 9-рақамнинг янги эгаси маълум  3 11:35Родри яна жароҳат олди  4 11:13Суперлига. "Бухоро" 7 йилдан буён Навоийдан ғалабасиз қайтмоқда   1 11:04Ғанишер Қодиров: "Қўқон-1912" билан олти очколик ўйин кутиб турибди"  0 10:45"Шўртан" 15 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"дан очко олди   4 10:40"Ньюкасл" ПСЖ билан музокараларни бошлади  0 10:05Дамир Темиров "Андижон" мухлисларига илтимос билан чиқди  9 09:33"Барселона" ва Марк-Андре тер Стеген ўзаро келишувга эришди  7 09:06Носир Абдусаломов: "Чемпионлик? Бу ҳақда ўйлашга эрта"  0 08:05Пўлатхўжа Холдорхонов: "Икки очко йўқотдик, ғалаба қозонишимиз керак эди"  2 07:53CAFA "Пахтакор" стадионида бўлиб ўтиши мумкинми?  11 07:12Ўртоқлик ўйинлари: "Челси" ва "Интер" ғалаба қозонди, "Ньюкасл" эса дуранг қайд этди   3

“Lokomotiv” himoyachisi Burkina Faso terma jamoasiga chaqirildi Yangiliklar

“Lokomotiv” himoyachisi Burkina Faso terma jamoasiga chaqirildi

“Lokomotiv” jamoasi safida ishonchli o'yin namoyish etib kelayotgan Muhammad Gnontcha Kone Burkina Faso terma jamoasidan chaqiruv oldi.

Bilasiz, ayni paytda barcha qitalarda Jahon chempionati-2018 saralash bosqichi davom etmoqda. Jumladan, Afrikada ham terma jamoalar kelasi yili Rossiya yashil maydonlarida o'tkaziladigan mundial yo'llanmasi uchun bahs olib borishmoqda.

O'tgan yili O'zbekiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushgan Burkina Faso terma jamoasi o'z oldiga mudial chiptalaridan biriga ega chiqishni maqsad qilgan. Ushbu yurt bosh jamoasi “Lokomotiv” safida Osiyo CHempionlar Ligasi hamda O'zbekiston chempionati bellashuvlarida ishonchli o'yin ko'rsatib kelayotgan Muhammad Koneni navbatdagi uchrashuvlariga taklif etdi.

Aslida Kot-d’Ivuarda tavallud topgan 23 yoshli himoyachi ayni paytda Burkina Faso pasportiga ham ega. SHu sababli burkinaliklar ustozi Koneni oldindagi ikki uchrashuvga chaqirishni lozim topdi.

Burkina Faso terma jamoasi mundial saralashining D guruhida ishtirok etmoqda va 4 ochko bilan jadvalda birinchi pog'onada ketmoqda. Burkinaliklar 2 sentyabr kuni Senegal maydoniga safar uyushtirishsa, 5 sentyabrda o'z uylarida senegalliklarni qabul qilishadi. Ushbu uchrashuvlarda Muhammad Kone ham ishtirok etish uchun chaqirildi.

Takidlash joizki, Burkina Faso o'rin olgan guruhda yana Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi hamda Kabo Verde termalari ham bor.

Muhammad Konega oldinda turgan uchrashuvlarda omad tilaymiz.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика