"Lokomotiv" Dubayda SHotlandiya va Rossiya klublariga qarshi o'ynaydi
08 jan 2018 17:34
Yangiliklar
"Lokomotiv" Dubayda SHotlandiya va Rossiya klublariga qarshi o'ynaydi
O'zbekistonning 2 karra chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi 9-23 yanvar kunlari BAAning Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.
Osiyo CHempionlar Ligasining yangi mavsumiga qizg'in tayyorgarlik olib borayotgan “temiryo'lchilar” jamoasi Dubayda 4ta nazorat bellashuvida maydonga tushadi.
Dastlab “Loko” 14 yanvar kuni SHotlandiyaning “Aberdin” klubi bilan bahs yuritadi. 17 yanvarda mahalliy jamoalardan biri bilan nazorat bellashuvi bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan. 19 yanvarda esa Rossiyaning “Rubin” klubi “Lokomotiv”ga raqiblik qiladi. Dastlabki xorij yig'ini doirasidagi so'nggi o'yin esa yana bir rus klubi – “Krasnodar”ga qarshi 22 yanvar sanasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar