"Lokomotiv" - "Bunyodkor". O'zaro o'yinlar tarixi (Infografika)
24 noy 2017 21:42
Yangiliklar
"Lokomotiv" - "Bunyodkor". O'zaro o'yinlar tarixi (Infografika)
O'zbekistonning ikki etakchi klublari – “Lokomotiv” va “Bunyodkor” hozirga qadar milliy chempionatlarimiz doirasida 19 marta o'zaro to'qnash kelishgan.
Ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlar tarixi 2007 yildan boshlangan bo'lib, “Bunyodkor” vakillari 9ta uchrashuvda zafar quchishgan. “Loko” esa 5ta bahsni o'z foydasiga hal etgan. Yana 5ta o'yin durang bilan nihoyasiga etgan.
“Lokomotiv” futbolchilari hozirga qadar “Bunyodkor” darvozasini 19 marta ishg'ol etishga muvaffaq bo'lishgan. O'z darvozamizdan esa 26ta to'p o'tkazib yuborganmiz.
“Lokomotiv” ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g'alabasiga 2015 yilda erishgan bo'lib, o'shanda o'z uyida “qaldirg'ochlar”ni qabul qilgan “temiryo'lchilar” 3:0 hisobida g'alabaga erishishgan.
Fikrlar