"Lokomotiv" bolalari taqdirlandi
03 iyu 2014 12:30
Yangiliklar

"Lokomotiv" bolalari taqdirlandi
Bugungi kunda yurtimizga bolalar sportiga bo'lgan etibor yuksak darajada ekani hech kimgna sir emas.
Xususan, bolalar futbolini rivoji yo'lida keng ko'lamli ish olib borilmoqda.
Toshkentda may oyida bolalar futboli bilan bog'liq bir necha tadbirlar o'tkazildi. 12-15 may kunlari 2006 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida Akmal Azizxo'jaev xotirasiga bag'ishlangan turnir bo'lib o'tgan bo'lsa, 16-17 may kunlari bolalar va ommaviy futbol kuniga bag'ishlangan futbol festivali tashkil etildi.
"Lokomotiv"ning 2006 yilda tug'ilgan bolalari hotira turnirida sovrinli uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lishsa, futbol festivalida barcha raqiblardan ustun kelib, musobaqa g'olibiga aylandi.
Bolalarni munosib tarzda mukofotlash maqsadida, Oliy Liga 10-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Olmaliq" uchrashuvining tanaffus vaqtida ular uchun taqdirlash marosimi tashkil etib berildi.
Bolalarni "Lokomotiv" professional futbol klubi bosh direktor o'rinbosari Akramov To'labek Abrorovich, jamoa boshlig'i Yunusov Qobiljon Bekovich, klub sport-direktori Muqimov Ravshan Qobulovich, bolalar va o'smirlar futbol maktabi mudiri Saidov Erkin Orifovich esdalik sovg'alar, medallar, kubok va faxriy yorliqlar bilan taqdirlashdi.

Fikrlar