So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

"Lokomotiv-BFK" bosh murabbiyi: "Rahbariyat bizga ishonadi" Yangiliklar

"Lokomotiv-BFK" bosh murabbiyi: "Rahbariyat bizga ishonadi"

PRO-liganing 6-turidan o'rin olgan "Iftixor" - "Lokomotiv-BFK" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Leonid Senkevich championat.asia saytiga intervyu berdi.

- "Iftixor"ga qarshi kechgan o'yin haqida fikrlaringiz...
- Birinchi taymda yaxshi o'ynadik, ikkinchi taymda esa to'pni ko'p yo'qotdik. So'nggi daqiqalarda xato qildik va gol o'tkazib mag'lub bo'ldik. O'yin borasida yutqazmayapmiz, ammo natija borasida hozircha barcha o'yinlarda mag'lub bo'ldik.

- "Lokomotiv-BFK"ning maqsadi qanday?
- Maqsadimiz PRO-Ligada o'z o'rniga ega bo'lish. O'z tarbiyalanuvchilarimizni etishtirib chiqarish. Tarkibni bu yil 90 foizga yangiladik, hozirgi paytda jamoamizda yosh futbolchilar juda ko'pchilikni tashkil qiladi. Rahbariyat bizga ishonadi, ikkinchi davrada bundan yaxshiroq o'ynaymiz deb o'ylayman.

- Dastlabki 5ta turdan so'ng ochko jamg'arilmaganligini qanday izohlaysiz?
- Qo'llarni tushirmaymiz. Murabbiylar hech qachon taslim bo'lmaydi. Bugun so'nggi daqiqalarda mag'lub bo'ldik, futbolchilarimiz kiyinish xonasida yig'lab o'tirishibdi, chunki ularning ko'pi hali yosh bolalar. Qo'llarni tushirish kerak emas. Rahbariyat hech qanday bosim qilmayapti, aksincha qo'llab-quvvatlamoqda. Hozir musobaqa jadvaliga qarash kerak emas, kuzda PRO-ligada 5-6-o'rinlarda bo'lamiz deb umid qilaman. Rahbariyat bu borada bizga ishonadi", - deydi Leonid Senkevich.


Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика