So’nggi yangiliklar

17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2

Lokomotiv Antaliyada. Uchinchi kun. Tarkibga Bobojonov, Krizo va Kone qo'shildi Yangiliklar

Lokomotiv Antaliyada. Uchinchi kun. Tarkibga Bobojonov, Krizo va Kone qo'shildi

Teglar :  Lokomotiv
Yangi mavsumga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini Antaliyada olib borayotgan Lokomotiv futbol klubining manzilga etib kelganiga bugun uch kun bo'ldi.

Odatga ko'ra bugungi mashg'ulot ham ikki mahal o'tkazildi. Futbolchilarimiz ertalab trenajyor zalida mashq qilgan bo'lishsa, tushdan keyin futbol maydonida mashg'ulot o'tkazishdi.

img_8093

Bugungi mashg'ulotga uch nafar yangi futbolchimiz ham qo'shildi. Bular - Muhammad Kone, Nore Krizo va Murod Bobojonov. Bu futbolchilar kecha tunda mehmonxonaga etib kelishgani bois murabbiylar biroz dam berishdi. SHu sabab mashg'ulot paytida ularga ortiqcha yuklamalar berilmadi.

img_8435

Jamoaning maydondagi mashg'uloti ham qizg'in kechdi. Temiryo'lchilar bir yarim soat mobaynida avval chigalyozdi, undan keyin to'p bilan mashqlarni bajarishdi. SHuningdek, ikki tarkibga bo'lingan holda futbol o'ynashdi.

img_8522

Kechki payt esa futbolchilarimiz futbol nazariyasi bo'yicha murabbiylardan saboq olishdi. Bunda Lokomotivning 2017 yil hisobidan birinchi rasmiy o'yindagi raqibi Al Taavon (Saudiya Arabistoni) ishtirokidagi bahs o'rganib chiqildi. Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan Al Taavon - Lokomotiv uchrashuvi 20 fevral kuni o'tkaziladi.

img_8594

Antaliyadagi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvi 3 fevral kuni Turkmanistonning Oltin Asr klubi bilan bo'ladi. SHu bois ertaga, 2 fevral kuni jamoa bir mahal, faqat kechki payt mashg'ulot o'tkazadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика