So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  4 18:56Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм". Таркиблар маълум  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4

Lokomotiv Antaliyada. To'rtinchi kun. Masharipov jamoaga qo'shildi (FOTO) Yangiliklar

Lokomotiv Antaliyada. To'rtinchi kun. Masharipov jamoaga qo'shildi (FOTO)

Teglar :  Lokomotiv
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Antaliyada davom ettirayotgan Lokomotiv ertaga, 3 fevral kuni o'zining dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
SHu bois bugungi mashg'ulot faqat kechki payt o'tkazildi va bir yarim soat davom etdi.


Mashg'ulot odatga ko'ra chigalyozdi mashqlarni bajarish bilan boshlandi. Keyin esa to'p bilan ishlashga o'tildi. Darvozabonlarni Pyotr Gizimchuk shug'ullantirgan bo'lsa, futbolchilar bilan Andrey Miklyaev va Mirko Yelichich ishlashdi.

img_8649

Bugungi mashg'ulotga Lokomotivning yangi futbolchisi Jaloliddin Masharipov ham kelib qo'shildi. Jamoamizning yangi vakilini barcha iliq qarshi oldi. Masharipov Antaliyaga bugun etib kelgani bois dam alohida, dam butun jamoa bilan shug'ullandi. Unga murabbiylar shunday ko'rsatma berishdi.

img_8727

Bugun yonimizdagi maydonda Krilya Sovetov (Rossiya) va Jeleznichar (Bosniya va Gercegovina) klublari o'zaro o'rtoqlik o'yini o'tkazishdi. Bunda 0:0 hisobi qayd etildi. Jeleznichar tarkibida o'zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Darko Markovich bilan Samir Bekrich harakat qilishdi. Ular o'zbekistonlik ishqibozlarga qizg'in salom yo'llashdi.

img_8988

Aytib o'tganimizdek, Lokomotiv ertaga Antaliya yig'ini doirasida o'zining birinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Raqibimiz - Turkmanistonning Oltin Asr klubi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 17:30 (Toshkent vaqti bilan 19:30)da boshlanadi.

img_8606

 img_8649

 img_8659

 img_8667

 img_8672

 img_8679

 img_8686

 img_8702

 img_8727

 img_8768

 img_8777

 img_8787

 img_8907

 img_8944

 img_8988

 img_9042

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика