So’nggi yangiliklar

14:38Россия – Иордания учрашувини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  0 14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  3 13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  1 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  2 12:21Бенту қўлдан чиқди, навбат Гжегож Бржэнчшчикиевичга  71 12:00Анчелотти Неймарнинг Бразилия термасига нега чақирилмаганини изоҳлади  2 11:34Аргентина терма жамоаси собиқ бош мураббийи Бразилияда иш бошлади  2 11:13 Н'Голо Канте "Париж"га ўтиши мумкин эди  1 10:50Ислом Исмоилов: "Шогирдларим рақиб ким эканлигига қарамай ҳужумкор ўйин кўрсатишга интилишди"  12 10:30"Муҳсин, биз сен билан!"– Самарқандда ўзбек футболи юлдузлари иштирокида хайрия учрашуви ўтказилади  11 10:05"Аталанта" Лукманни жамоада олиб қолмоқчи   0 09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   2 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  6

"Lokomotiv-2004" Rossiyaning Barnaul shahriga yo'l oldi Yangiliklar

"Lokomotiv-2004" Rossiyaning Barnaul shahriga yo'l oldi

"Lokomotiv" futbol maktabining 2004 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan "Lokobol" turnirida ishtirok etish uchun bugun Rossiyaning Barnaul shahriga jo'nab ketishdi.
Yosh futbolchilarimiz u erda 23 iyunga qadar bo'lishadi. Malumot uchun, "Lokobol-RTY" futbol festivali Rossiya bolalar futbolidagi eng katta loyihalardan biri hisoblanadi. Ushbu musobaqaning bosh homiysi "Rossiya Temiryo'llari" kompaniyasi bo'lib, festival Rossiyaning turli shaharlarida navbati bilan o'tkazib kelinadi. Musobaqaning asosiy tashkilotchisi "Lokomotiv" (Moskva) futbol klubi hamda Rossiya bolalar futbol ligasi hisoblanadi.



Ushbu musobaqada "Lokomotiv" nomi ostida to'p tepadigan bir qator yosh futbolchilar guruhi ishtirok etadi. Bunday turnirlarni o'tkazishdan maqsad, yosh avlodni jismonan etuk etib tarbiyalash, futbolning MDH davlatlari bo'ylab yanada rivojlanishiga hissa qo'shish hamda xalqaro aloqalarni taminlash. Festival shiori: "Lokobol - bu katta futbolga yo'l!"

Umuman olganda, "Lokobol" turniri yosh bolakaylar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqalar sirasiga kiradi. Mana shunday musobaqada bizning futbolchilarimiz ham ishtirok etishi uchun beminnat yordam ko'rsatgan "Lokomotiv" futbol klubi rahbariyati hamda bosh homiyimiz  "O'zbekiston Temiryo'llari" AJ rahbariyatiga minnatdorchilik bildirsak arziydi.



"Lokomotiv-2004" bosh murabbiyi Otabek Mansurov musobaqaga 16 nafar futbolchini olib ketishni maqul ko'rdi. Bizni kuzatishda davom eting, tarbiyalanuvchilarimiz qachon, kim bilan o'ynashlari haqida keyinroq batafsil malumot beramiz.



"Lokobol-2015" futbol festivaliga yo'l olgan futbolchilarimiz tarkibi:

Qo'chqorov Ismoil
Farhodov Bilol
Anvarov Azamjon
Nig'monov Bobirxon
Rahmatullaev Xumoyun
Ejov Danila
To'laganov Mirjahon
Bahodirxo'jaev Akmalxon
Ibrohimov Husan
Uchqunov Muhammadsiddiq
Zohidov Muhammadamin
Adilov Azizbek
Abdumavlonov Afzal
Haydarov Muhammadali
Asomjonov Saidakmal
Ikromov SHahzod

Delegaciya azolari:
Erkin Saidov, futbol maktab direktori
Otabek Mansurov, bosh murabbiy
Dilshod Atamuhamedov, murabbiy
Abdurahim Sarimsoqov, shifokor



"Lokomotiv" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика