So’nggi yangiliklar

02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  2 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  22 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  3 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  1 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  20

"Lochinlar" "Yozyovon-Lochinlari"ni taslim qildi Yangiliklar

"Lochinlar" "Yozyovon-Lochinlari"ni taslim qildi

Namanganning "Navbahor" klubi bugun o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

"Navbahor"ning Namanganda tashkil etilgan yig'ini yakunlandi. Yig'in so'nggida futbolchilar birinchi liga vakili “Yozyovon Lochinlar” jamoasi bilan nazorat o'yinida kuch sinashishdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida mezbonlar hisobni ochish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo'lishdi. O'z navbatida mehmonlarda ham gol urish uchun yaxshigina imkoniyatlar yuzaga keldi. SHunday bo'lsada, muxlislar 33-daqiqaga kelibgina dastlabki golga guvoh bo'lishdi. Oybek Qilichev belgilangan jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Goldan keyin ham jamoa hisobni o'zgartirish uchun imkoniyatlarga ega bo'lishsada, tanaffusga qadar hisob o'zgarishsiz qoldi.

Tanaffusdan keyin futbolchilar ustunlikni o'z qo'llarida saqlab turishdi. Bu hol uchrashuvni yirik hisobda yakun topishiga zamin yaratdi. Avvaliga 56-daqiqada Nemanya Yovanovich burchakdan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga aniq yo'llab hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. O'yinning 82-daqiqasida Doniyor Usmonov chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va o'tkir burchak ostidan aniq zarba yo'llab, uchinchi golga mualliflik qildi. Aynan shu hisob hakamning final xushtagi chalingunga qadar o'zgarishsiz qoldi.

"Navbahor" uchrashuvni quyidagi tarkibda o'tkazdi: Asilbek Amanov, Abbos Otaxonov, Jahongir Mehmonov, G'iyos Komilov, Mirzohid G'ofurov, Abbos Maxstaliev, Dilshod Jabborov, Azam Aliev, Azizbek Turg'unboev, Oybek Qilichev, Nemanya Yovanovich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Hamroev, Doniyor Usmonov, Oston O'runov, Ro'zimboy Ahmedov, Ilhom Boydedaev, Ravshan Xursanov, Saidjon Abdujabborov.

Jamoa azolari ertaga Toshkent sari yo'lga otlanishadi. Kechki payt futbolchilar engil mashg'ulot o'tkazishadi. 31 iyul kuni esa murabbiy va futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tishadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика