So’nggi yangiliklar

01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  1 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  4 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  1 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  4 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  7 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  5 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2

Lobanovskiydan eng sara 10 iqtibos Yangiliklar

Lobanovskiydan eng sara 10 iqtibos

Afsonaviy murabbiy Valeriy Lobanovskiyning eng sara 10ta iqtibosini taqdim etamiz.
1. Murabbiy butun umr o'qishi kerak. O'qishdan to'xtadimi, demak murabbiy bo'lishdan ham to'xtadi. Vaqtni aldab bo'lmaydi. U ham nimagadir o'rgatadi.

2. Jurnalist jamoada qanday mashg'ulot o'tkazish kerakligi haqida maslahat berish huquqiga ega emas. Bu xuddi men yadro fizikasi bo'yicha maslahat berishim bilan bir xil.


3. Ilq qadamlarimdanoq quyidagilarni asosiy vazifam deb belgilab olganman. O'yinchilarga etibor bera boshlaganimda, ularni tushunishga ham harakat qildim: ularning xarakteri, kayfiyati, so'rovlari, oilaviy va shaxsiy ishiga “aralashish” shular jumlasidandir. Xattoki, bazi vaqtlarda futbolga mutlaqo aloqasi bo'lmagan vaziyatlarni ham hal qilishga majbur bo'lganman.

4. Jurnalistlar bo'lmaganda futbol ham rivojlanmagan bo'lardi. Ular jarayonni jadallashtirishi yoki uni to'xtatib qo'yishi mumkin.

5. Barcha futbolchilarga kechki maktab, texnikum, institut, futbol uchun umumiy madaniyat zarur. SHunda ularning intellektual darajasi doimiy ravishda o'sib boradi.


6. Men istedod nima ekanini bilmayman. Bazan, muvaffaqiyatga erishish uchun baxtli tasodifning o'zi kifoya va mana shu sizga “istedod!” Biroq, murabbiy muntazam ravishda qanday usullar orqali yaxshi natijaga erishganini qidirish foydali.

7. O'yinchi bo'lishdan ko'ra, murabbiy bo'lish ancha mushkul ish. Maydonda faqat to'pni boshqarsan, murabbiy esa insonlarni boshqaradi.

8. Futbolda muvafaqqiyat formulasi allakachon malum:  shavqatsiz tanlov cho'qqiga faqatgina eng og'ir sinovlar vaktida ruhiy va jismoniy kuchlarning uyg'unligiga erisha olish kobiliyatiga ega bo'lganlarni olib chiqadi.


9. To'pni olib va yarim jamoani aldab o'tish - bu hali individual mahorat emas. Individual mahorat - qiyin vaziyatda bir necha soniyalar ichida to'g'ri qaror qabul qila olish. To'pni boshqarish mahoratiga umuman ega bo'lmay turib ham, jamoada eng kerakli o'yinchi bo'lish mumkin deb hisoblayman.

10. Futbol rivojini o'ziga xos “yulduz”lar to'xtatishadi. Ular o'zining istedodidan to'g'ri foydalanmay, mashg'ulotda ishlashni va yanada yaxshi bo'lishni shunchaki xohlashmaydi.


Xorij saytlaridan Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика