"Liverpul" transfer oynasining so'nggi kunida hech kim bilan shartnoma imzolamaydi. Qishda faqat Gakpo sotib olindi
31 jan 2023 18:10
Yangiliklar
"Liverpul" transfer oynasining so'nggi kunida hech kim bilan shartnoma imzolamaydi. Qishda faqat Gakpo sotib olindi
"The Times" xabariga ko'ra, Kodi Gakponing 37 million funt sterlingga PSVdan "Liverpul"ga transfer qilinishi bu qishdagi yagona transferi bo'ladi.
Yozda klubning ustuvor yo'nalishi yarim himoyani kuchaytirish bo'ladi – "Liverpul" hali ham Dortmundning "Borussiya"sidan Jud Bellingemni sotib olmoqchi.
"Liverpul" himoyachisi Nataniel Fillips transfer oynasi yopilishidan oldin ketishi mumkin. "Galatasaroy" uni ijaraga olmoqchi, ammo dushanba kuni ertalab klublar o'rtasida hech qanday aloqa yo'q edi.
"Liverpul" 2022 yilda to'rt futbolchi uchun 180 million funt sarflagan. Jamoaga Luis Dias, Darvin Nunes, Fabiu Karvalyu va Gakpo kelib qo'shildi.
"Liverpul" ayni damda APL musobaqa jadvalida 9-o'rinda bormoqda. 4-o'rindagi jamoa bilan farq – 10 ochko.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar