"Liverpul" sobiq himoyachisi Gruziya klubiga o'tmoqda
12 iyu 2024 17:42
Yangiliklar
"Liverpul" sobiq himoyachisi Gruziya klubiga o'tmoqda
"Liverpul" va Franciya terma jamoasi sobiq futbolchisi Mamadu Sako Gruziyaning "Torpedo" Kutaisi jamoasiga o'tishga rozi bo'ldi.
Bu haqda jamoa saytida xabar berilgan.
34 yoshli himoyachi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun 12 iyun kuni Gruziyaga keladi. Ertasi kuni taqdimot marosimi rejalashtirilgan.
Sakoning so'nggi klubi "Monpele" bo'lib, u 2021 yildan buyon shu jamoada o'ynagan. 2023 yilning noyabrida bosh murabbiy Mishel Ter-Zakaryan bilan janjaldan keyin shartnomani bekor qilgandi.
Avvalroq Sako PSJ, "Liverpul" va "Kristal Pelas" klublarida o'ynagan. U Franciya terma jamoasi safida 29 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan va JCH-2014da ham qatnashgan
"Torpedo" o'tgan mavsum Gruziya chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi va Konferenciya Ligasining saralash bosqichida ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar