So’nggi yangiliklar

09:24"Навбаҳор" ҳужумчиси иккинчи даврани "Хоразм"да бошлаши мумкин  0 08:56Энрике: "Телефоним "Барселона" мухлисларидан келган хабарларга тўла"  3 08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  3 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  11 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  20 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  12 02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  246 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  10 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  4 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  12 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  14

"Liverpul" Nunes uchun 70 million evro so'ramoqda. Hujumchiga Ispaniyadan taklif bor Yangiliklar

"Liverpul" Nunes uchun 70 million evro so'ramoqda. Hujumchiga Ispaniyadan taklif bor

Futbolchiga bir necha klublar qiziqish bildirmoqda.

"Liverpul" Darvin Nunes uchun 70 million evro talab qilmoqda. Avvalroq, hujumchining yozgi transfer oynasida klubni tark etishi malum bo'lgan edi.

Qishda mersisaydliklar urugvaylik futbolchini "Al Nassr"ga 70 million evroga sotishdan bosh tortgan edi. Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, inglizlar Nunesning transfer qiymatini baholashda aynan shu taklifdan kelib chiqishmoqda. Yana bir mezon - Darvinning asosiy tarkibdagi o'yinchisi sifatidagi ko'rsatkichlari: hujumchi dastlabki daqiqalardan maydonga tushganida 49 o'yinda 25 gol urgan va 13 ta golli uzatma bergan.


Futbolchining o'zi Saudiya Arabistoniga o'tish imkoniyatini rad etmayapti, biroq Ispaniya yoki Italiya jamoasiga qo'shilishni afzal ko'rmoqda. Unga hozirgi paytda "Atletiko" qiziqish bildirmoqda.


Shuningdek, "Al Hilol" ham transfer imkoniyati haqida so'rov yuborgan - ammo bu ko'proq klubning jahon klublar chempionatida ishtirok etishi mumkin bo'lgan hujumchini qidirayotgani bilan bog'liq. Ushbu musobaqa oldidan bitimlar uchun maxsus tashkil etilgan o'n kunlik transfer oynasi allaqachon yopilgan.


Nunes o'tgan mavsumda APLda 30 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urgan.

Reyting:    

Fikrlar

   
12 iyu 01:51:12
UFC.Uz Pul qo'lni kiri keladi ketadi... Sevgini haqiqiysi bu Oll
Issig'ida sotish kerak
   
12 iyu 00:56:18
A.R.J
Balansirovkasi ketgan oyinchiga 70mln judayam kopmasmi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика