"Liverpul" Dias o'rniga Leauni sotib olishi mumkin, "Milan" futbolchini 100 mln evroga baholamoqda
05 mar 09:29
Yangiliklar
"Liverpul" Dias o'rniga Leauni sotib olishi mumkin, "Milan" futbolchini 100 mln evroga baholamoqda
"Liverpul" "Barselona" qiziqish bildirayotgan vinger Luis Dias jamoani tark etgan taqdirda, "Milan" qanot hujumchisi Rafael Leauni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Kelayotgan yozda Leauning shartnomasidagi 175 mln evro tovon puli bo'yicha band faollashtirilishiga qaramay, "rossonerilar" portugaliyalik futbolchini 100 mln evroga sotishga tayyor.
Joriy mavsumda Leau barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 75 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar