"Liverpul" chempionlik poygasini davom ettiradi
06 apr 2014 21:50
Yangiliklar

"Liverpul" chempionlik poygasini davom ettiradi
Angliya premer ligasi 33-turidan o'rin olgan "Vest Xem" - "Liverpul" uchrashuvi boshlanmoqda.
APL, 33-tur.
"Vest Xem" - "Liverpul" 1:2
Gollar: Jerard (44-penaltidan, 72), Demel (45)
"Vest Xem": Adrian, Demel, Rid, Tomkins, Armero, Nobl, Teylor (Djarvis, 78), Diame (K. Koul, 84), Nolan (Nocherino, 68), Dauning, Kerroll.
"Liverpul": Minole, Djonson, SHkrtel, M. Sako, Flanagan, Xenderson, Jerrard, Koutino (Lukas, 46), Starrij (Ture, 85), Suares, Sterling.
Ogohlantirishlar: Tomkins (43), Adrian (70), Nocherino (80), Armero (86).
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Ushbu o'yin sharhida SHahboz Beg'amov bo'ldi. Etibor uchun rahmat! Saytimizdan uzoqlashmang! Futbolni esa sevishda davom eting!
"Liverpul" jamoasi muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz! Kelasi o'yinlarda uchrashguncha sog'-salomat bo'ling, Aziz ishqibozlar!
90+4` Hakamning uchrashuv yakunlanganligi haqidagi xushtagi yangradi va "Liverpul" muhim g'alabaga erishdi!
90+3` Adriandan yana bir seyv! Ushbu posbonga tassano deyish kerak. Bugun Adrian jamoasini ko'plab gollardan qutqarib qolgani aniq.
90+2` "Liverpul" himoyalanmoqda.
90+1` Uchrashuvga hakam tomonidan 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
90` "Vest Xem" imkon qadar hujumlar uyushtirmoqda. Hisobni tenglashtirish uchun hozircha bu harakatlarning o'zi kamlik qilmoqda.
89` Bugungi o'tkazib yuborilgan gollarda Adrianning aybi yo'q desak bo'ladi. To'g'ri, ikkinchi penalti u sababli yuzaga keldi. Lekin himoyachilarning kamchiligini to'ldirish maqsadida, Adrian tavakkal qilishga majbur bo'lgandi.
88` Suarezda yana imkoniyat va Adrian darvozaga nega turganini isbotlamoqda.
86` O'zgarishlar vaqti: Diame o'rniga Koul. "Liverpul"da ham zaxira kuchi tushirildi. Starrij o'rniga Kolo Ture.
85` Bugun o'zining yaxshi o'yinini ko'rsata olmayotgan Suarezdan ajoyib, nozikona zarbacha. CHiroyli zarbacha. Darvoza tusini mezbonlarni goldan asrab qoldi. Suarez juda zo'r o'ynamayapti. Lekin oddiy va nozik harakatlarini o'zi ham "Vest Xem" himoyachilarini dovdiratib qo'ymoqda. Qoyil!
84` "Vest Xem" hujum tashqil qildi. Aniqrog'i, jarima zarbasini tepdi. Birinchi gol muallifi Demel yana gol urmoqchi bo'ldi, ammo unga biroz sovuqqonlik etishmadi.
82` Starrijning kuchli zarbasi Adrian uchun oddiy vaziyatdek qabul qilindi.
Rojers o'yindan mamnunmi yo'qmi bilmadim-u, lekin natijadan xursand bo'lishi aniq. Agarda o'yin so'nggigacha ushbu g'alaba saqlanib qolsa
80` Nocherino qo'pol harakati uchun ogohlantirildi.
78` Teylor o'rniga Jevis maydonga chiqarildi. "Vest Xem" o'yinga burilish yasash maqsadida hujumkorroq futbolchini maydonga tashlamoqda.
77` "Boleyn Graund" stadioniga bugun 34977 muxlis tashrif buyurgan ekan.
76` Starrijdan ajoyib harakatlar va Suarez tomon chiroyli pas. Luis Suarez esa zarba berishda oqsadi.
75` Suarez uchinchi penaltini so'ramoqda. Kechirasiz mister Suarez, etadi ikkitasi. Bu vaziyatga penalti qo'yilmaydi.
73` Buyog'iga "Vest Xem" aqlli futbolini emas, balki hujumkorligini oshirishi talab etiladi.
72` Adrian to'p yo'nalishini topdi. Lekin zarba muallifi Jerard edi-da! Uning zarbasini kuchini "barcha" biladi.
71` GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jerard! 1:2!
70` Adrian bu erda nohaq edi.
69` Penalti! Yana penalti! Yana "Vest Xem" darvozasi tomon! Ana tomosha!
68` Nocherino Nolanning o'rniga maydonga tushdi.
68` Sterling o'yinda yo'qolib qolayotgandek. Avvalgi faolligi etishmayapti ushbu iqtidor sohibiga.
66` Suarez harakat qilmoqda. Intilmoqda. Lekin unga ko'maklashadigan yana bir futbolchi etishmayapti. Starrij darvoza oldida "poylovchilik" qilmoqda. Suarez esa hujumchi ortida ham jamoasi hujumini rivojlantirish payiga tushgan.
62` Imkoniyatning zo'ri Kerrolda bo'ldi! Endi Kerrolning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza tusiniga tegdi. Bu vaziyatda Minole ojiz edi. Kerrolda gol urish istagi "Liverpul"nikidanda kuchliroq ko'rinmoqda.
61` Brendan Rojers jamoasini biroz boshqacharoq o'ynatishi kerak. Kuchli ishtiyoq uyg'otishi kerak. Bo' o'yin bilan "Vest Xem" himoya qo'rg'onini yorib o'tish oson ish emas.
57` Endi Kerrol yakka kurashlarda sobiq jamoadoshlarini ayamayapti va ko'pincha g'olib chiqmoqda.
55` "Vest Xem" darvozaboni Adrian Noyerni o'yinini qo'p ko'radi shekilli. Hozir ushbu posbon "Bavariya" kiperi harakatlaridan namuna ko'rsatdi va to'pni jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirishga erishdi.
54` "Vest Xem" bugun juda zich o'ynamoqda va mehmonlarga ortiqcha imkoniyatlar sodir etishiga yo'l qo'ymayapti.
51` Biz shijoatkor "Liverpul"ni ko'rmayapmiz.
49` "Liverpul"ning hujumdagi "Suraez-Sterling-Starrij" uchburchagi "Vest Xem" himoyasiga etarlicha tashvish to'g'dira oladimi? Buni qolgan vaqt ichida ko'ramiz.
47` Umid qilamizki, jamoalar ikkinchi taymda jonliroq futbol namoyish etishadi.
46` "Liverpul" tarkibida o'zgarish ruy berdi. Lukas ikkinchi bo'limda Koutinoning o'rniga o'ynaydi.
46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!
Takroriy lavhada ko'rindiki, Endi Kerrol Minolega nisbatan qoidani buzgan edi. Lekin buni hakam payqamay qoldi.
45` GOOOOOOOOOOL! Demel! 1:1 Burchak to'pidan so'ng Minole xatoga yo'l qo'ydi va darvozaboninng qo'lidan tushgan to'pni Demel darvozaga joylab qo'ydi.
45` "Vest Xem" himoyachisi Tomkinsning xatosi jamoasiga qimmatga tushdi.
44` GOOOOOOOOOOOOOOL! Jerard mo'ljalda adashmadi! 0:1!
44` Penalti! "Vest Xem" himoyachisi to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun mezbonlar darvozasi tomon 11-metrlik jarima zarbasi.
43` "Vest Xem" yaxshi o'ynamoqda. "Liverpul" esa hozircha o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etib bera olmayapti.
40` "Vest Xem" hujum tashkil qildi. "Liverpul" himoyachilarining jonbozligi tufayli xavf bartaraf etildi.
38` "Liverpul"ni hisobni ochishi uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi. Ammo Starrij zarba berishda xatoga yo'l qo'ydi.
35` "Vest Xem" futbolchilari o'z hujumlarida ko'proq ikkinchi qavat orqali Kerrolni qidirishmoqda. Endi Kerrol bosh bilan yaxshi harakat qilishi sir emas. Ammo hozircha "Liverpul" himoyachilari Endiga imkon berishmayapti.
33` Noblning jarimadan yo'llagan zarbasi o'xshamadi.
32` "Vest Xem" jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi.
31` "Liverpul"ning kombinatcion hujumi Starrijning zarbasi bilan yakunlandi.
29` "Vest Xem" faollikni oshirdi.
27` Tomkinsning jonbozligi evaziga Suarezning zarbasi darvoza tomon bormadi.
24` Diame "Liverpul" darvozasini nishonga olmoqchi bo'ldi. Ammo zarbaga aniqlik etishmadi.
22` Sterlingning zarbasini Adrian bartaraf etdi.
20` Super-Suarezning ajoyib zarbasi darvoza ustuniga tegmoqda. Xavfli vaziyat!
19` "Liverpul" nisbatan ko'proq oldinga bormoqda.
16` Jamoalar shoshilishmayapti. Sekin-asta oldinga intilishmoqda va payt poylab raqibning xatosini kutishmoqda. Hozircha himoyachilar ishonchli himoyalanishmoqda.
12` Saytimizning "fenomen" nikli "Liverpul" muxlisi o'z sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlamoqdalar.
11` Futbolchilar keskinlik bilan harakat qilishmoqda. Bugun uch ochko uchun yaxshigina kurash kechishi aniq. "Liverpul" jamoasiga yutuq juda muhim. Brendan Rojers jamoasi chempionlik poygasida ishtirok etmoqda va ularni xato qilishga haqlari yo'q.
9` Xavfli ko'rinish olgan burchak to'pi "Vest Xem" uchun yaxshi yakun topdi.
8` Sterling jamoasi uchun burchak to'pi ishlab oldi.
6` Mezbonlar hujum tashkil etishmoqda. Kerrol bugun sobiq jamoasini jazolashga urinib ko'radi.
4` "Liverpul" jarima zarbasini tepdi. Luis Suarezning yo'llagan zarbasi biroz noaniq chiqdi.
3` "Vest Xem" o'yinni faollik bilan boshladi. Bu stadionda kim xo'jayin ekanligini ko'rsatib qo'yishmoqchi shekilli.
1` Uchrashuv boshlandi!
"Liverpul"ning asosiy quroli bu albatta Luis Suarez. Urugvaylik hujumchi hozirgacha APLda 27 uchrashuv o'tkazgan va raqiblari darvozasiga 29 bora yo'l topa olgan. SHuningdek, Suarez yana jamoasining 11 goliga hammualliflik qilgan. Ushbu mavsumda Suarez raqiblar darvozasi tomon jami bo'lib 129 marta zarba bergan. SHularning 70 tasi darvozaga aniq borgan.
APL to'purari Luis Suarez o'yin oldi chigal-yozdi mashg'ulotida
"Liverpul" tarkibi
"Vest Xem" jamoasi tarkibi shunday ko'rinish olgan
Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari! APL 33-turidan o'rin olgan "Vest Xem" - "Liverpul" o'rtasidagi bahs boshlanish arafasida. Ushbu o'yinni saytimiz orqali matnli onlayn tarzida sharhlab boramiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.
- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar