"Liverpul" APLdagi yulduz forvard uchun kurashga qo'shilmoqchi
18 mar 19:17
Yangiliklar
"Liverpul" APLdagi yulduz forvard uchun kurashga qo'shilmoqchi
"Liverpul" yozgi transfer oynasidagi o'tish borasida "Nyukasl Yunayted" hujumchisi Aleksandr Isakning yaqinlari bilan aloqaga chiqdi.
Premer-liganing joriy mavsumdagi etakchilari Shveciya terma jamoasi azosi uchun kurashda dastlabki qadamlarni tashlashdi, Isak shuningdek "Arsenal"ning ham maqsadi bo'lib turibdi.
2022 yilda "Real Sosedad"dan "Nyukasl"ga o'tgan Isak faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazmoqda. Hujumchi barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda 23 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. U Premer-liganing joriy mavsumdagi eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida faqat "Liverpul"dagi Muhammad Saloh va "Manchester Siti"dagi Erling Xolanddan keyin uchinchi o'rinda bormoqda.
25 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar