Lingard Janubiy Amerikadan jamoa topdi
22 fev 21:06
Yangiliklar
Lingard Janubiy Amerikadan jamoa topdi
Xabarlarga ko'ra, ettita klub – shu jumladan, "Vest Xem", "Seltik" va "Midlsbro" u bilan shartnoma imzolash imkoniyatidan bosh tortgani haqidagi malumotlardan so'ng, Jessi Lingard yangi jamoaga o'tishga yaqin turibdi.
O'tgan yilning dekabr oyida Lingard K-Liga vakili "Seul" jamoasi bilan shartnomasini o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilgan edi.
2024 yilning fevral oyida "Nottingem Forest"dagi qisqa muddatli faoliyatidan so'ng Janubiy Koreya klubiga qo'shilgan 33 yoshli hujumkor yarim himoyachi K-Liga doirasida jami 65 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 18 ta gol yozdirib qo'ygan.
Oradan uch oy o'tganiga qaramay, Lingard hamon erkin agent maqomida qolmoqda. Biroq u Braziliyaning unchalik mashhur bo'lmagan "Remo" klubiga o'tish arafasida turibdi.
"Globo" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "Remo"ning taklifidan so'ng "muzokaralarda ijobiy siljish kuzatilgan".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar