"Lester" Tilemansning "Arsenal"ga transferini barbod qilmoqchi
18 noy 2022 16:27
Yangiliklar
"Lester" Tilemansning "Arsenal"ga transferini barbod qilmoqchi
"Lester" kelasi yozda shartnomasi tugaydigan belgiyalik yarim himoyachi Yuri Tilemansni o'z safida saqlab qolishga ishonmoqda.
Bu haqda "Daily Mail" tabloidi xabar bermoqda.
Klub xo'jayinlari futbolchi vakillari bilan yaxshi munosabatda va hamkorlikni uzaytirish borasida kelishib olishlarini kutishmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Tilemans Londonning "Arsenal" klubiga o'tishga yaqin ekani haqida xabar berilgandi. U yanvar oyidan boshlab potencial ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega.
Yuri joriy mavsum "Lester" safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar