So’nggi yangiliklar

22:20Суперлига. "Андижон" – "Машъал" 2:0  0 22:19Александр Хомяков: "Жамоамиз характер кўрсата олди"  3 21:52Вадим Абрамов: "Бухоро" жамоасида ғалабага иштиёқ кўпроқ кўринди"  6 21:37"Реал" Камавингани сотиши мумкин. Даъвогарлар маълум  2 21:08Самвел Бабаян: "Икки мағлубиятдан сўнг ғалаба қозониш ўта муҳим эди. Янги жамоа туздик, бизга бироз вақт керак"  13 20:47Игорь Суров: "Бир киши кам бўлиб қолмаганимизда умуман бошқача ўйин бўларди"  1 20:25ОФК 2031 ва 2035 йилги Осиё Кубоги мезбонлиги танлови жараёнини тўхтатди  3 20:05"Бухоро" "Динамо"ни мағлуб этиб, турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  44 19:53Венесуэла терма жамоаси Тошкентда бўлиб ўтадиган FIFA Series турнири учун қайдномасини эълон қилди  4 19:07"Реал" Куртуани йўқотди  5 18:30"Ливерпул"нинг ёзги трансфер ойнаси учун асосий мақсади маълум  4 18:06Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди  77 17:35Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Япония билан ўйнайди  3 16:39ФИФА "Хоразм" футболчиси бўйича қарор чиқарди  2 16:07"Манчестер Сити" аллақачон Гвардиолага ўринбосар изламоқда. Мураббийнинг ўзи бунга қандай қарайди?  7

Leonardo Jardim: "Bir kun kelib milliy terma jamoada ishlashni xohlayman. Bu Osiyo jamoasi bo'lishi mumkin" Yangiliklar

Leonardo Jardim: "Bir kun kelib milliy terma jamoada ishlashni xohlayman. Bu Osiyo jamoasi bo'lishi mumkin"

Bugun “Paxtakor” – “Al-Ayn” uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev mehmonlar bosh murabbiyi Leonardu Jardimga savol bilan yuzlandi.

“Siz bir necha yil davomida arab mamlakatlari klublarida ishlagansiz. Bu vaqt ichida sizga Evropa klublaridan qiziqish bo'lganmi? U erda yaxshi natijalarga erishgansiz".

“Al-Ayn” vakillari bu savolning “Paxtakor”ga qarshi o'yinga bevosita aloqasi yo'qligini izohlab, Jardimga javob berishga imkon berishmadi. Biroq matbuot anjumanidan so'ng, ochiq mashg'ulotdan oldin Leonardo baribir javob berishga qaror qildi.

- “Monako”da ishlaganimda top-klublardan taklif kutgandim, lekin o'shanda menga hech kim qiziqish bildirmagandi. Men chinakam top jamoalarni kutgandim. Ammo men bilan qiziqqan klublarning hammasi ham o'z oldilariga etarlicha yuqori maqsadlar qo'yishmagan. Men chempionlik uchun kurashishni, CHempionlar ligasini yutishni xohlardim. Yakunda men g'alaba qozondim, lekin Osiyoda - "Al-Hilol" bilan.

Menga arab mamlakatlarida yashash yoqadi (Jardim “Al-Hilol”, “SHabab Al-Ahli” va “Ar-Rayyan”da ishlagan – “Championat.Asia”). Hayot uchun kerak bo'lgan hamma narsa bor, futbol darajasi yaxshi. Oilamga ham qulay. Bundan tashqari, biz turli joylarda yashashni va turli madaniyatlarni o'zlashtirishni yaxshi ko'ramiz.

Oxirgi paytlarda hech qaysi jiddiy klub menga qiziqish bildirmayapti. Umuman olganda, men qachondir terma jamoada ishlashni xohlayman. Ehtimol, Osiyoda. Asosiysi, yaxshi va yuqori maqsadli jamoa bo'lgani.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика