Leo Messi: "Parijda baxtli emasdim"
28 fev 22:18
Yangiliklar
Leo Messi: "Parijda baxtli emasdim"
"Inter Mayami" futbolchisi Leo Messi PSJdagi faoliyatini yodga oldi.
"Parijda ikki yilni o'tkazdim. Biroq bu menga yoqmadi. U erda baxtli emasdim.
Keyin MLS'da faoliyatimning bir qismini o'tkazishni o'yladim. Buni doimo xohlaganman.
"Inter Mayami"ning loyihasi menga yoqdi, klub o'smoqda, rivojlanmoqda. Bu erga kelishni, klubga yordam berishni istadim. Shuningdek, MLS'ning jahondagi brendiga katta tasir o'tkazmoqchi bo'ldim.
MLS'ni tez va kuchli liga deb ayta olaman. Hozir bu erda ko'plab yosh futbolchilar kelishmoqda. Barcha jamoalar hujum qilishga, gollar urishga, ochiq o'yin ko'rsatishga intilyapti.
Kelajagim? Bu erda o'zimni yaxshi his qilyapman va har bir lahzadan, klub, o'yinlar, do'stlar, oilam bilan zavq olyapman. Kelajagim haqida oldindan gapirishni istamayman", - dedi Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar