So’nggi yangiliklar

17:52"Аркадағ" - "Андижон". Таркиблар маълум бўлди  0 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  4 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  3 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  12 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  5 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  8 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   245 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  12 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  5 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  19 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  22

Lempard: “G'alabaga ishtiyoqimiz kuchli” Yangiliklar

Lempard: “G'alabaga ishtiyoqimiz kuchli”

“CHelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoasining Angliya kubogi yarim finalida “Manchester Yunayted”ga qarshi kechadigan bahsi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Men faqat va faqat ushbu mavsum haqida o'ylayaman. Bu jamoamiz, futbolchilar va rahbariyat uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.

Yil qiyin kechdi. Bazida kimlardir bizni malum bir darajaga chiqishimizga ishonishmadi. Hozir biz Angliya kubogi yarim finaliga etib keldik va ushbu turnirda har tomonlama yaxshi formada ekanligimizni ko'rsata olayapmiz. Finalga yo'l olishimiz uchun esa haqiqatan ham xozirda kuchli o'yin ko'rsatayotgan yana bir jamoa bilan kurash olib borishimizga to'g'ri keladi. Bu holat ham g'alaba qozonishimiz uchun qaysidir manoda turtki beradi, qolgan barcha gap so'zlar shu joyda ortda qoladi. Eng muhimi bu o'yin jamoa uchun ham, klub rahbariyati uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Men futbolchi sifatida ham ushbu turnirda g'olib chiqqanman. Bu borada menga omad kulib boqqan. Otam ham 1975 va 1980 yilda ushbu musobaqada kubokni qo'lga kiritgan. Demoqchi bo'lganim bu turnir bolaligimdan men  uchun o'ta muhim ahamiyat kasb etadi va  yillar davomida musobaqaga nisbatan qarashlarim o'zgarmagan. Albatta men murabbiyga aylangach, jamoam qatnashadigan har bir turnir ahamiyatli. Men “Uembli”da jamoamni ushbu turnir yarim finaliga boshlab tushishdan faxrlanaman. Garchi raqibimiz ham ayni paytda APLda betakror o'yin namoyish etib, g'alabalarga sazovor bo'layotgan jamoa bo'lsada, yakshanba kungi bahs men uchun o'zgacha sharafli va faxrlidir”, deya Lempardning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “CHelsi” klubi rasmiy sayti.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика