So’nggi yangiliklar

11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  3 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  6 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  9 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  1 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  2 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1

LegionerUz. Odil Ahmedov jamoasi taslim qilgan klub Fozil Musaevning “Jubilo Ivatasi”dan ustun keldi Yangiliklar

LegionerUz. Odil Ahmedov jamoasi taslim qilgan klub Fozil Musaevning “Jubilo Ivatasi”dan ustun keldi

Va nihoyat Yaponiya Jey Ligasida ham yangi mavsum start oldi. Sizga malumki, o'zbekistonlik futbolchilar uchun kunchiqar yurt eshigini ochgan ilk qaldirg'och Fozil Musaevdir.

Musaev to'p suradigan “Jubilo Ivata” o'tgan mavsumni 6-o'rinda yakunlagandi. Klub bilan 2+1 ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekkan Musaeevning aytishicha, bu mavsum rahbariyat “Jubilo Ivata”ning oldiga 5-o'rindan pastga tushmaslik vazifasini qo'ygan. Ko'rinishidan esa bu oson bo'lmaydi.

CHunki jamoa mavsumdagi ilk o'yinda katta qiyinchilikka duch keldi va “Kavasaki Frontale”dan engildi — 0:3. Gollarning barchasi birinchi bo'limda kiritildi. Musaevning aytishicha, bo'lim boshida “Jubilo Ivata” futbolchilari 2 ta qulay imkoniyatni, aniqrog'i, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatlarni havoga sovurgan. Mehmonlar bunga gol bilan javob qaytargach, ruhiy ustunlik to'laligicha “Kavasaki Frontale” tomoniga o'tgan. Ikkinchi bo'limda esa vaziyatni o'nglashning imkoni bo'lmagan. 

Jubilo Iwata

J. League . 1-tur

25/02/2018, 11:30

3
:
0
Tugadi

Kawasaki Frontale

Kengo Nakamura - 24', Shogo Taniguchi - 43', Eduardo - 45'

45'
90'
44'  Kentaro Oi
46'  Shun Morishita (Masaya Matsumoto)
58'  Nagisa Sakurauchi (Taishi Taguchi)
70'  Fozil Musayev (Rikiya Uehara)
12'  Eduardo Neto
24'  Kengo Nakamura
24'  Eduardo Neto
43'  Shogo Taniguchi
43'  Kengo Nakamura
45'  Eduardo
45'  Kengo Nakamura
54'  Eduardo
67'  Eduardo Neto (Hidemasa Morita)
78'  Kei Chinen (Yoshito Okubo)
85'  Kengo Nakamura (Kyohei Noborizato)

Musaev shu kuni 70-daqiqada almashtirildi. Bu mavsumdagi ilk rasmiy o'yin ekani klubga pand bergan ko'rinadi. CHempionlar Ligasida Yaponiya sharafini himoya qilayotgan “Kavasaki Frontale” esa tayyorgarlikni ancha ilgari boshlab, xalqaro maydonda 2 ta o'yin o'tkazib ulgurgandi. Birinchisida jamoa Odil Ahmedov to'p suradigan “SHanxay SIPG” klubini o'z maydonida qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Keyin esa Koreyada “Ulsan Xyundai” klubidan engildi — 1:2. Jey Liga mavsumi esa omadli chiqdi.

Championat.asia statistikasi

29 yoshli Fozil Musaev o'tgan mavsum “Jubilo Ivata”ning chempionatdagi 31 ta o'yinida maydonga tushdi. Jami 2657 daqiqa to'p surgan o'zbekistonlik yarim himoyachi 4 ta gol urishning uddasidan chiqqandi. Bu yil ham asosiy tarkib azosi ekanligini isbotlayapti. “Jubilo Ivata”ning keyingi o'yini 3 mart kuni “Nagoya Grampus” maydonida o'tadi. O'zbekiston milliy terma jamoasining yig'iniga kelguniga qadar Musaev jami 6 ta o'yin o'tkazgan bo'ladi. Demak, ungacha u formasini anchagina tiklab oladi.

Muallif :
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика