LegionerUz. Igor Sergeevning Amirliklardagi debyut goli jamoasini xavfli zonadan olib chiqdi
09 fev 2018 08:47
Yangiliklar
LegionerUz. Igor Sergeevning Amirliklardagi debyut goli jamoasini xavfli zonadan olib chiqdi
Buning uchun Sergeevga 4 ta o'yin kerak bo'ldi. “Dibba Al-Fujayrah” klubini qabul qilgan “Al-Dafra” ishonchli g'alabaga erishdi. Bellashuvning 92-daqiqasida Sergeev o'z goli bilan jamoasining ochko yo'qotishi masalasini kun tartibidan olib tashladi.
Al-Dhafra Saeed Al Kathiri - 62', Igor Sergeev - 90' |
Arabian Gulf League . 16-tur 08/02/2018, 17:30 0
:
2
Tugadi
|
Dibba Al Fujairah |
Sergeevning goli muhim bo'ldi, deyish mumkin. Hisobda ortda borayotgan mehmonlar muvozanatni tiklash uchun bor imkoniyatini ishga solayotgan bir paytda, Igor o'yinga nuqta qo'yib berdi. Jamoaning makedoniyalik murabbiyi mana to'rtinchi bellashuvdirki Sergeevga boshlang'ich tarkibda imkoniyat berib kelmoqda. Endilikda uning jamoasi xavfli zonadan birozgina uzoqlashib oldi.
“Ajman” va “SHarja”
Aziz Haydarov hamda Otabek SHukurov jamoalari bugun — 9 fevral kuni 16-turni o'tkazadi. “Ajman” o'z uyida kuchli to'rtlikni yakunlab turgan “An-Nasr”ni qabul qiladi. “SHarja” esa safarda “SHabab Al-Ahli”ga qarshi kurash olib boradi. Bir tur avval o'zbekistonlik legionerlar to'p suradigan barcha klublar mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi. Ajab emas, 16-turda shuning aksi bo'lib chiqsa.
Championat.asia statistikasi
Fikrlar