So’nggi yangiliklar

22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  1 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  21 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  22 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  8 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  4

Legionerlar: Jeparovning goli Seongnamni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi Yangiliklar

Legionerlar: Jeparovning goli Seongnamni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

O'tgan dam olish kunlari xorijda to'p surayotgan bir qator o'zbekistonlik futbolchilar o'z jamoalari safida maydonga tushishdi.
ROSSIYA
 Krasnodar klubi sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov, Rossiya Premer-Ligasi 10-turidan o'rin olgan uchrashuvda o'z maydonida Zenit klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi. 2:2 hisobidagi durang bilan yakuniga etgan uchrashuvda Ahmedov to'liq 90 daqiqa o'ynadi.

Moskvaning Lokomotiv klubi azosi Vitaliy Denisov mazkur turda o'z maydonida temiryo'lchilar safida Terek klubiga qarshi maydonga tushdi. O'zbekistonlik himoyachi uchrashuvda to'liq 90 daqiqa o'ynadi. O'yin esa, Lokomotivning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

UKRAINA
 18 oktyabr kuni Ukraina Premer-Ligasida 9-tur o'yinlariga start berildi. Poltavaning Vorskla klubida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Sanjar Tursunov mazkur turda o'z uyida Xarkovning Metallist klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi.Vorskla  - 2:2 hisobida durang o'ynadi. O'zbekistonlik futbolchi uchrashuvda to'liq 90 daqiqa o'ynadi. O'yinda esa hisob ochilmagan - 0:0.

JANUBIY KOREYA
 18 oktyabr kuni Janubiy Koreya K-Ligasida 32-tur bahslari bo'lib o'tdi. Seongnam klubida o'ynayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov mazkur turda safardaSuvon klubiga qarshi o'yinning so'nggi daqiqasida raqib darvozasiga gol urib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. O'yinda to'liq, 90 daqiqa to'p surgan Jeparov mazkur golni hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda kiritgan. Uchrashuv esa 2:2 hisobidagi durang bilan yakuniga etgan.

XITOY
 Xitoyning CHangchun Yatay klubida to'p surayotgan o'zbekistonlik himoyachi Anzur Ismoilov, Xitoy Superligasi navbatdagi turida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Safarda, Liaoning klubiga qarshi uchrashuvda Ismoiolov to'liq 90 daqiqa to'p surdi. O'yin Liaoning klubining 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.

BAA
 18 oktyabr kuni BAA Pro-Ligasida 5-tur o'yinlariga start berildi. Dubayning Ash SHabob klubida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov mazkur turda o'z jamoasi safida safarda Bani Yas klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushib 90 daqiqa to'p surdi. Ash SHabob uchrashuvda 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика