So’nggi yangiliklar

22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  3 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   1 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00ЕЧЛ. "Қайрат" - "Реал" баҳси асосий таркиблари маълум!  46 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  36 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  16 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  11 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  4 19:20ЎФА нега жим?  12 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  10 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  24 18:23Деку "Барселона"нинг Нико Уильямсга бўлган қизиқишини рад этди  3

Legionerlar: Aziz Haydarovdan gol, Lobanov “Persepolis”da debyut qildi Yangiliklar

Legionerlar: Aziz Haydarovdan gol, Lobanov “Persepolis”da debyut qildi

O'tgan hafta xorij chempionatlarida to'p surayotgan bir qator o'zbekistonlik futbolchilar o'z jamoalari safida maydonga tushishdi.

Rossiya

Moskvaning “Lokomotiv” klubida to'p tepayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov ayni kunlarda klub bilan BAAning Abu Dabi shahrida yig'inda ishtirok etmoqda. “Lokomotiv” klubi yig'in davomida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdi. Jumladan, 22 yanvar kuni Toshkentning “Bunyodkor” klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda “Lokomotiv” yirik – 3:0 hisobida g'alaba qozondi, Denisov esa asosiy tarkibda maydonga tushib to'liq harakat qildi.

BAA

BAAning “Al SHabab” klubi yarim himoyachisi Aziz Haydarov BAA Pro-Ligasi 15-turida jamoasiga g'alaba keltirgan yagona gol muallifiga aylandi. O'z maydonida “Al Vahda”ni qabul qilgan “Ash SHabob” 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni 87-daqiqada Aziz Haydarov penaltidan kiritdi. Milliy terma jamoa yarim himoyachisi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib to'liq harakat qildi.

Yangi mavsum oldidan BAAning “Al SHaab” klubiga qo'shilgan o'zbekistonlik himoyachi SHavkat Mullajonov 15-turda o'z maydonida “Fujayra” klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi. Uchrashuvda “Al SHaab” yirik 3:6 hisobida mag'lub bo'ldi. SHavkat Mullajonov uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqa o'ynadi.

Eron

O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Aleksandr Lobanov Eronning “Persepolis” klubida debyut uchrashuvini o'tkazdi. “Persepolis” 23 yanvar kuni Eron Kubogi doirasida o'z maydonida “Saypa” klubini qabul qildi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Aleksandr Lobanov mazkur uchrashuvda “Persepolis” safida debyut qildi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni uchrashuvda to'liq harakat qildi.

Qatar

Qatarning “Al Jayish” klubi yarim himoyachisi Sardor Rashidov 21 yanvar kuni Qatarning Doha shahrida yig'in o'tkazayotgan Rossiyaning “Zenit” klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuvda “Zenit” yirik – 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Sardor Rashidov “Al Jayish” safida asosiy tarkibda maydonga tushdi va bir bo'lim harakat qildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика