So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Legionerlar: Ahmedov va Musaev jamoalari durang o'yinadi, Denisov jamoasi g'alaba qozondi Yangiliklar

Legionerlar: Ahmedov va Musaev jamoalari durang o'yinadi, Denisov jamoasi g'alaba qozondi

Dam olish kunlari O'zbekiston milliy terma jamoasining xorij chempionatlarida faoliyat olib borayotgan azolari o'yinlarda ishtirok etishdi.

Rossiya

Rossiya chempionatining 6-tur o'yinlari doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov to'p tepadigan Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi “Ufa”ni safarda yirik hisobda mag'lub etdi. 3:0 hisobidagi g'alaba qozonilgan o'yinda Denisov asosiy tarkibda maydonga tushib, 86-daqaqiqagacha harakat qildi. Ushbu g'alabadan keyin “temiryo'lchilar” 14 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Terma jamoa yarim himoyachisi Odil Ahmedov faoliyat olib borayotgan “Krasnodar” futbol klubi o'z maydonida “Mordoviya”ni qabul qildi. Ushbu o'yinda hisob ochilmadi. Ahmedov o'yinni asosiy tarkibda boshlab, 90 daqiqa davomida harakat qildi. O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi ushbu o'yinni juda yuqori saviyada o'tkazdi. 6-turdan keyin “Krasnodar” turnir jadvalining 6-pog'onasidan joy olgan.

Janubiy Koreya

Janubiy Koreya chempionatida 27-tur uchrashuvlari o'tkazildi. 22 avgust kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparovning “Ulsan” jamoasi “Suvon”ga qarshi safarda o'ynab, 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Jeparov o'yinni dastlabki daqiqalaridan boshlab harakat qilib, 71-daqiqagacha o'ynadi. Bir tur avval o'tkazilgan “Poxang”ga qarshi uchrashuvda esa Server Jeparov kiritgan gol “Ulsan”ga bir ochko keltirgandi.

Eron

Eronning “Sepaxon” klubida faoliyat olib borayotgan O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Fozil Musaev mamlakat birinchiligi 4-tur o'yinlari doirasidagi “Fulad”ga qarshi o'yinda ilk daqiqalardan maydonda harakat qildi va o'yinni to'liq o'tkazdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakun topdi. O'tkazilgan to'rt o'yindan keyin Musaev to'p tepadigan jamoa turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda. Jamoa hisobida 10 ochko bor.

Qozog'izton chempionatida ishtirok etayotgan Aleksandr Geynrix “Irtish”ga qarshi o'yindagi qo'polligi uchun 3 o'yinga diskvalifikaciya qilingan edi. Ammo keyinchalik uch o'yinlik diskvalifikaciya bekor qilindi va Geynrix faqat bir yo'inni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика