So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  60 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  3 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

Legionerlar: Ahmedov faoliyat olib boradigan "Krasnodar" 2-o'ringa chiqib oldi Yangiliklar

Legionerlar: Ahmedov faoliyat olib boradigan "Krasnodar" 2-o'ringa chiqib oldi

O'tgan dam olish kunlari xorijda to'p surayotgan bir qator o'zbekistonlik futbolchilar o'z jamoalari safida maydonga tushishdi.
Rossiya

Rossiya chempionatining 22-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar o'tkazildi. Terma jamoamiz himoyachisi Vitaliy Denisovning “Lokomotiv” klubi o'z maydonida hamshahri “Torpedo”ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Denisov o'yinda to'liq harakat qildi.

Moskva derbisidan o'rin olgan CSKA – “Dinamo” uchrashuvida esa armiyachilar kutilmaganda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Bu mag'lubiyat Odil Ahmedovning “Krasnodar” jamoasi foydasiga xizmat qildi. “Krasnodar” turnir jadvalida 2-o'rinda qoldi.

Premer liganing 23-turi Krasnodar – Kuban o'yini bilan ochildi.

Hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p tepayotgan "Krasnodar" klubi o'z maydonida "Kuban" ustidan irodali g'alabaga erishdi - 3:2. Ahmedovning o'zi uchrashuvda to'liq o'ynadi.

Janubiy Koreya

Janubiy Koreyaning “K” ligasida 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Hozirgina Server Jeparov to'p tepayotgan “Ulsan Xyunday” klubi ushbu tur doirasidagi o'z uchrashuvini yakunladi. Mehmonda “Dejeon Sitizen”ga qarshi maydonga tushgan ulsanliklar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.

45-daqiqada Yang Dong-Xyun “Ulsan”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 66-daqiqada Myung-Von Seo muvozanatni tikladi. Terma jamoamiz sardori javob to'pi kiritilishidan uch daqiqa avval, aniqrog'i 63-daqiqada o'z o'rnini CHang-Xyun Koga bo'shatib bergandi.

Qozog'iston

Qozog'iston chempionati 6-turi doirasida hamyurtimiz Aleksandr Geynrix faoliyat yuritayotgan “Ordabasi” jamoasi o'z maydonida “Qayrat”ga qarshi o'yin o'tkazdi. CHempionat peshqadamiga qarshi o'tkazilgan o'yinda Sasha 57 daqiqa harakat qildi va o'z o'rnini Bojichga bo'shatib berdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunia etdi.

Eron

"Padideh" hujumchisi Bahodir Nasimov esa Eron chempionati 25-turi doirasida yana bir o'zbekistonlik futbbolchi - Oybek Qilichev harakat qiladigan "Paykan" klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi. Qilichev esa ushbu o'yinda ishtirok etmadi. Nasimov ushbu o'yinda 60 daqiqa harakat qilgan bo'lsa-da, o'z nomini tabloga yozdirib qo'ya olmadi. Umuman, ushbu uchrashuv golsiz yakuniga etdi - 0:0.

“Sepaxon” sharafini himoya qilayotgan Fozil Musaev o'z jamoasi bilan “Traktorsozi”ga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g'alaba qozoondi. Fozil uchrashuvda to'liq harakat qildi. 25 turdan so'ng “Sepaxon” turnir jadvalining 3-pog'onasidan joy olgan.

Ruslan Melzitdinov o'ynaydigan “Naft Masjed Sulaymon” esa ushbu turdagi o'yinini 16-aprel kuni o'tkazadi.  

Xitoy

Xitoy chempionatida vakili "CHanchun Yatay" klubida faoliyat olib borayotgan O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov "Czyansu SHuntian" klubiga qarshi 5-tur uchrashuvida to'liq ishtirok etdi. Jamoasi esa 2:2 hisobida durang o'ynadi. Ayni paytda "CHanchun Yatay" turnir jadvalining 13 o'yrinidan joy olgan.

Ukraina

Ukraina chempionati 19-turi doirasida o'zbekistonlik yarimhimoyachi Sanjar Tursunov harakat qiladigan "Vorskla Poltava" safarda "Karpati Lvov" bilan o'ynab, 0:0 hisobida durang qayd etdi. Sanjar uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, uni to'liq o'tkazdi.  Hozirgi vaqtda "Vorskla" turnir jadvalining 7-o'rinidan joy olgan.

Birlashgan Arab Amirliklari

BAA chempionati 22-tur doirasidagi "Ash-SHabab" - "Al-Vasl" jamoalarining o'zaro uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan nihoyasiga etdi. "Ash-Ashbab" tarkibidagi o'zbekistonlik futbolchi - Aziz Haydarov uchrashuvda to'liq ishtirok etdi. Uning jamoasi o'tkazilgan 22 o'yindan keyin 41 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi pog'onasini band etib turibdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика