So’nggi yangiliklar

10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  1 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  2 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  17 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  8 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  173

Legioner posbon, dublga erishgan futbolchi, sobiq klubini jazolagan yarim himoyachi va safarda muhim g'alabaga erishgan murabbiy. 14-turning barcha laureatlari Yangiliklar

Legioner posbon, dublga erishgan futbolchi, sobiq klubini jazolagan yarim himoyachi va safarda muhim g'alabaga erishgan murabbiy. 14-turning barcha laureatlari

Kecha Coca Cola Superligasining 14-turidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.

"Championat.asia" o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Andijon" posboni Igor Litovka "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 14-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

Uchrashuvdan avval ko'pchilik "Nasaf"ning navbatdagi g'alabasini taxmin qilganiga qaramay, Litovka qashqadaryolik "ajdarlar"ga qarshi bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va jamoasining bir ochkoni qo'lga kiritishida "asosiy aybdorlardan" biri bo'ldi. SHu sababli Igor Litovka  "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra turning "Eng yaxshi darvozaboni" deb topildi.  



"Surxon" yarim himoyachisi Asadbek Karimov "Championat.asia" talqinida 14-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.  

Bu turning eng kutilmagan natijalaridan biri Olmaliqda qayd etildi. OKMK o'z maydonida "Surxon"ga yutqazib qo'ydi. Raqibning 3 ta golidan 2 tasini yarim himoyachi Asadbek Karimov o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Asadbek nafaqat gollar urdi, balki jamoasi hujumlarini tashkillashtirishda ham eng faollardan biri bo'ldi.  


"Turon" futbolchisi Fayzulla Jumanqo'zievning "Buxoro" darvozasiga kiritgan to'pi "Championat.asia" talqiniga ko'ra 14-turning eng chiroyli goli (VIDEO) deb tan olindi. 

"Buxoro" - "Turon" uchrashuvining 20-daqiqasida Jumanqo'ziev markazdan oldinga o'tdi va jarima maydonchasiga yaqinlashib, ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi.



"Turon" bosh murabbiyi Yorqin Nazarov "Championat.asia" talqiniga ko'ra 14-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

Ikkinchi davra startida mavsumdagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritgan "Turon" ustozi Yorqin Nazarov "Championat.asia" talqiniga ko'ra turning eng yaxshi murabbiyi bo'lishga eng munosib nomzod.




Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика