Lazizbek Mirzaev: "Menga Ronalduning o'yini yoqadi. Jarima zarbalarini esa tez-tez mashq qilaman"
22 noy 2023 19:10
Yangiliklar
Lazizbek Mirzaev: "Menga Ronalduning o'yini yoqadi. Jarima zarbalarini esa tez-tez mashq qilaman"
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sardori Lazizbek Mirzaev U-17 jahon chempionati 1/8 finalidan o'rin olgan Angliyaga qarshi uchrashuv (2:1) taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jamoamizning g'alabasiga hissa qo'shganimda juda xursandman. Jarima zarbalari borasida maxsus mashg'ulotlar o'tkazdik. Yordamchi murabbiyimiz bizga bu borada yordam berdi, shu bois bugungi uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo'ldim.
Menga Krishtianu Ronalduning o'yin uslubi yoqadi. Odatda, jarima zarbalarini tez-tez mashq qilib turaman", dedi o'zbekistonlik yarim himoyachi.
Eslatib o'tamiz, Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari chorak finalda Franciya — Senegal bellashuvi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar