Laporta: "Ishtirok etayotgan turnirlarimizda g'alaba qozonishga intilamiz"
26 fev 2022 22:40
Yangiliklar
Laporta: "Ishtirok etayotgan turnirlarimizda g'alaba qozonishga intilamiz"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoaning mavsumdagi maqsadini aytdi.
"Biz ishlar shu yo'sinda ketayotganidan mamnunmiz, lekin etarlicha gol urmayotganimizni ham tushunib turibmiz. La Ligada g'olib chiqish maqsadlarimizdan biri ekanligini anchadan beri aytib kelaman va bu o'zgargani yo'q.
Holatimiz kun sayin yaxshilanib bormoqda, bundan mamnunman. Biz ishtirok etayotgan turnirlarimizda g'alaba qozonishga intilamiz", – dedi Laporta.
"Barselona" ayni dam Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Jamoa hisobida 42 ochko bor. SHuningdek, kataloniyaliklar Evropa Ligasidagi kurashni davom ettirishmoqda. Jamoa 1/8 finalda "Galatasaroy"ga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar