"Laporta borgan sari Trampga o'xshab qolmoqda" - Viktor Font "Barselona"dagi yangi mojarolarga munosabat bildirdi
24 fev 23:46
Yangiliklar
"Laporta borgan sari Trampga o'xshab qolmoqda" - Viktor Font "Barselona"dagi yangi mojarolarga munosabat bildirdi
Font Laportaning boshqaruv uslubini AQSH prezidenti Donald Trampga qiyosladi.
Ayblovlarga raddiya:
Font o'zi va uning jamoasi ushbu moliyaviy mojarolarga aloqador emasligini keskin takidladi:
"Men bu ishlarga aloqadorligimizni qatiyan inkor etaman. Bizning yagona orzumiz — «Barselona»ning sud mashmashalariga aralashib qolmasligi. Neymar, Negreyra, Bartogeyt... Bu kabi voqealar klub obro'siga faqat zarar etkazadi".
Laporta va Tramp o'xshashligi:
Viktor Fontning fikricha, Laporta vaziyatni o'nglash o'rniga xayoliy dushmanlar bilan kurashmoqda:
"Laporta kun sayin Trampga ko'proq o'xshab bormoqda. U xayoliy dushmanlarni qidiradi va odamlarni aldaydi. Ular bizni bu jangga tortmoqchi, lekin men shunchaki «Barselona» muxlisiman. Ular mening nomimni qora qilishni istashyapti".
Klub kelajagidan xavotir:
Font Ispaniyadagi sud tizimi va klubning avvalgi jazolarini ham eslatib o'tdi:
"Biz shunday mamlakatda yashayapmizki, go'yoki hamma bizning azoblanishimizni istaydigandek. Klub bir marta hukm qilingan. Bunday sharoitda qaysi hakamning qo'liga tushib qolishingni bilmaysan", — dedi Font "RAC1" efirida.
"Barselona"da prezidentlik saylovlari yaqinlashgani sayin, nomzodlar o'rtasidagi "so'z jangi" yangi bosqichga chiqmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Лапорта ҳам Мессини ўртага тиқиб, сайловда ютганди, бу Фонт ҳам шундай айёрлик қилябди.