Langle APL jamoasiga o'tmoqda, bu "Tottenxem" emas
31 avg 2023 11:27
Yangiliklar
Langle APL jamoasiga o'tmoqda, bu "Tottenxem" emas
"Barselona" va Franciya terma jamoasi himoyachisi Kleman Langle Birmingemning "Aston Villa" klubiga o'tadi.
Bu haqda AS yozmoqda.
Manbaga ko'ra, Angliya klubi futbolchini bir yil muddatga ijaraga oladi. "Aston Villa" franciyalik futbolchiga soliqlar bilan birga yiliga 16 million evroni tashkil etuvchi maoshni to'liq to'lashga rozi.
Oldinroq Langle Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubiga 10 million evro va 5 million evro bonus evaziga o'tishga yaqin turgani haqida xabar berilgandi. Biroq so'nggi lahzada transfer amalga oshmay qoldi.
Langle 2018 yilning yozidan buyon "Barselona" safida to'p tepadi. U Kataloniya klubi safida 160 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. "Barselona" tarkibida Ispaniya chempioni, Ispaniya Kubogi sohibi bo'lgan va Ispaniya Superkubogini ham qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar