LaLiga. Turnir jadvalidagi o'zgarishlar va to'purarlar poygasi
16 jan 2018 15:19
Yangiliklar
LaLiga. Turnir jadvalidagi o'zgarishlar va to'purarlar poygasi
Ushbu turda ikkita markaziy uchrashuv bo'lib o'tdi ("Real" - "Vilyarreal", "Real Sosedad" - "Barselona"). "Santyago Bernabeu"dagi uchrashuvda "Real" kutilmaganda "sariq suvosti kemasi"ga imkoniyatni boy berdi, bir necha mavsumdan beri "Anoeta"da "Barselona"dan ochko tortib olayotgan "Real Sosedad" esa bu safar o'z vazifasini uddalay olmadi.
19-tur o'yinlaridan so'ng Ispaniya turnir jadvalidagi kuchli to'rtlikda o'zgarish sodir bo'lmadi. G'alaba qozongan "Selta", "Vilyarreal", "Jirona", "Xetafe" va "Alaves" jadvalda yuqorilashgan, "Sevilya", "Eybar", "Atletik", "Leganes", "Real Sosedad" va "Deportivo" esa pastka sho'ng'ishdi. Ayni damda "Barselona" 19ta uchrashuvda 51 ochko ishlab, turir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Xavfli zona vakillari "Las-Palmas" va "Malaga"ga "Deportivo" qo'shildi.
To'purarlar reytingi (TOP-10):
Lionel Messi ("Barselona") - 17ta gol
Luis Suares ("Barselona") - 13
Yago Aspas ("Selta") - 11
Kristian Stuani ("Jirona") - 10
Simone Zaza ("Valensiya") - 10
Sedrik Bakambu ("Vilyarreal") - 9
Rodrigo ("Valensiya") - 9
Paulino ("Barselona") - 8
Villian Xose ("Real Sosedad") - 8
Maksimiliano Gomes ("Selta") - 8
Golli paslar reytingi (TOP-10):
Pione Sisto ("Selta") - 9ta assist
Lionel Messi ("Barselona") - 8
Xordi Alba ("Barselona") - 6
Pablo Fornals ("Vilyarreal") - 6
Gonsalo Guedesh ("Valensiya") - 6
Andres Guardado ("Betis") - 6
Serxi Roberto ("Barselona") - 6
Antuan Grizmann ("Atletiko") - 5
Xose Anxel ("Eybar") - 5
Daniel Vass ("Selta") - 5
Fikrlar