So’nggi yangiliklar

11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  0 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  8 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  3 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  6 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  4 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  12 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  3 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  25 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  13 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  46 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  6 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  83 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  136

LaLiga gigantlari mag'lub bo'lgan turni Kataloniya klubi stadionidagi o'yin yakunlab beradi Yangiliklar

LaLiga gigantlari mag'lub bo'lgan turni Kataloniya klubi stadionidagi o'yin yakunlab beradi

Teglar :  LaLiga
Bugun, 27 sentyabr kuni LaLiga 6-turining so'nggi uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Kechagi uchrashuvlarda Ispaniya chempionatida etakchilik qilayotgan ikki jamoa omadsizlikka uchradi.


"Leganes" - "Barselona"

"Butarke" stadionidagi uchrashuv Kataloniya klubining ustunligi bilan boshlandi. Messining uzatmasidan so'ng Koutino ajoyib zarba bilan hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim boshlarida "Leganes" futbolchilari raqibning tinchini buzishdi va 2 daqiqa ichida 2ta gol urib, LaLiga chempionlarini shoshirib qo'yishdi. Ikkinchi golda qo'pol xato qilgan Pike jamoaning mag'lubiyatiga asosiy sababchilardan biri bo'ldi. Ko'k-anorranglilar bahsning qolgan qismida gol ura olishmadi va mavsumdagi birinchi mag'lubiyatni qabul qilishdi.

Leganes

Nabil El Zhar - 52', Oscar Rodriguez - 53'

LaLiga . 6-tur

27/09/2018, 00:00

1
:
2
Tugadi

Barcelona

Philippe Coutinho - 12'

Stadion: Estadio Butarque, 11407 tomoshabin

Bosh hakam: Alberto Undiano

45'
90'
40'  Ruben Perez
49'  Unai Bustinza
52'  Nabil El Zhar
52'  Jonathan Cristian Silva
53'  Oscar Rodriguez
74'  Oscar Rodriguez (Gerard Gumbau)
82'  Mikel Vesga (Sabin Merino)
86'  Nabil El Zhar (Allan Nyom)
88'  Allan Nyom
90'  Youssef En-Nesyri
12'  Philippe Coutinho
12'  Lionel Messi
60'  Samuel Umtiti
61'  Munir El Haddadi (Luis Suarez)
64'  Thomas Vermaelen
70'  Thomas Vermaelen (Jordi Alba)
71'  Ousmane Dembele (Malcom)


"Atletik" - "Vilyarreal"

Ushbu o'yinning asosiy voqelarai ikkinchi bo'limda bo'lib o'tdi. "Sariq suvosti kemasi" vakili Pablo Fornals 65-daqiqada hisobni ochdi. Ushbu gol mehmonlarga kuch berdi va qolgan 30 daqiqa ichida yana 2ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Ushbu yirik g'alaba "Vilyarreal"ga turnir javalida 8-o'ringa ko'tarilishga imkon berdi.

Athletic Bilbao

LaLiga . 6-tur

27/09/2018, 00:00

3
:
0
Tugadi

Villarreal

Pablo Fornals - 65', Ramiro Funes Mori - 80', Karl Toko Ekambi - 89'

Stadion: San Mames Barria, 39869 tomoshabin

Bosh hakam: Carlos del Cerro

45'
90'
67'  Ander Iturraspe (Unai Lopez)
70'  Raul Garcia (Inigo Cordoba)
73'  Oscar de Marcos
81'  Oscar de Marcos (Gorka Guruzeta)
60'  Carlos Bacca (Karl Toko Ekambi)
64'  Miguel Layun (Santi Cazorla)
65'  Pablo Fornals
76'  Victor Ruiz
80'  Ramiro Funes Mori
80'  Santi Cazorla
88'  Gerard Moreno (Alfonso Pedraza)
89'  Karl Toko Ekambi
89'  Pablo Fornals


"Valensiya" - "Selta"

Joriy mavsum LaLigada birorta g'alabaga erishmagan "ko'rshapalaklar" 6-turda g'am o'z masqadlariga erisha olishmadi. Birinchi bo'lim o'rtalarida Mishi Batshuayi hisobni ochgan bo'lsada, bahsning so'nggi daqiqalarida Yago Aspasning urgan goli mezbonlarga Ispaniya chempionatida g'alaba tamini his qilishga imkon bermadi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi.

Valencia

Michy Batshuayi - 25'

LaLiga . 6-tur

27/09/2018, 02:00

1
:
1
Tugadi

Celta Vigo

Iago Aspas - 82'

Stadion: Estadio Mestalla, 35575 tomoshabin

Bosh hakam: Ricardo De Burgos

45'
90'
25'  Michy Batshuayi
25'  Goncalo Guedes
56'  Michy Batshuayi
70'  Francis Coquelin (Geoffrey Kondogbia)
76'  Goncalo Guedes (Denis Cheryshev)
83'  Michy Batshuayi (Kevin Gameiro)
45'  Iago Aspas
46'  Okay Yokuslu (Pione Sisto)
48'  Hugo Mallo
70'  Hugo Mallo (Dennis Eckert)
75'  Fran Beltran
82'  Iago Aspas
82'  David Junca
86'  Iago Aspas (Junior Alonso)


"Sevilya" - "Real"

6-turning markaziy uchrashuvi "Ramon Sanches Pisxuan" stadionida bo'lib o'tdi. Deyarli 41 ming muxlis sig'adigan arenani to'ldirgan mahalliy ishqibozlar uyga yaxshi kayfiyatda qaytishdi. Xulen Lopetegi qo'l ostidagi "Real" birinchi bo'limning o'zida 3ta gol o'tkazib yubordi. Mezbonlarning qarshi hujumlari bu gollar urilishiga zamin yaratdi. Ikkinchi bo'limda ikkala jamoada ham gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi, ammo taym gollarsiz yakunlandi. "Qirollik klubi" "Barselona"ning ochko yo'qotishidan foydalana olmadi, "Sevilya" esa turnir jadvalida to'rtinchi o'ringa ko'tarildi.

Sevilla

Andre Silva - 17', Andre Silva - 21', Wissam Ben Yedder - 39'

LaLiga . 6-tur

27/09/2018, 02:00

0
:
3
Tugadi

Real Madrid

Stadion: Estadio R. Sanchez Pizjuan, 41037 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45'
90'
17'  Andre Silva
17'  Jesus Navas
21'  Andre Silva
34'  Franco Vazquez
39'  Wissam Ben Yedder
39'  Franco Vazquez
69'  Wissam Ben Yedder (Quincy Promes)
74'  Ever Banega
79'  Pablo Sarabia
85'  Guilherme Arana (Nolito)
90'  Ever Banega (Roque Mesa)
27'  Gareth Bale
59'  Nacho Fernandez (Lucas Vazquez)
59'  Karim Benzema (Mariano Diaz)
64'  Toni Kroos
65'  Luka Modric
70'  Luka Modric (Daniel Ceballos)
87'  Mariano Diaz



Bugun LaLiganing 6-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvlar bo'lib o'tadi.


"Alaves" - "Xetafe"

Mavsumni yaxshi boshlagan "Alaves" o'z uyida "Xetafe"ni qabul qiladi. Turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turgan mezbonlar hozircha o'z maydonida mag'lub bo'lmagan. "Xetafe" esa mehmondagi 2ta uchrashuvda 1ta g'alaba va 1ta mag'lubiyat qayd etgan. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.


"Valyadolid" - "Levante"

Ushbu bahsni autsayderlar jangi desak ham bo'laveradi, chunki bu jamoalar LaLiganing eng kuchsiz 5ta jamoalaridan hisoblanishadi. "Valyadolid" hozirgacha uyida 2ta uchrashuv o'tkazgan bo'lsada, biroq ularning birortasi jamoaga ochko keltirmagan. "Levente" esa ob-havo jamoa. Gohida kuchli jamoalarga etarlicha muammo tug'diradi, bazida esa o'z uyida o'rtamiyona jamoalarga imkoniyatni boy beradi.


"Jirona" - "Betis"

6-turni yakunlab beradigan bahs Kataloniyada bo'lib o'tadi. "Jirona" joriy mavsum LaLiga etakchi jamoalarining bosh og'rig'iga aylanmoqda. Bu klub 5-turda "Barselona"ning uy stadioni "Kamp Nou"da durang qayd etdi. Undan avvalgi bahslarda esa "Selta" va "Vilyarreal"ni taslim etdi. "Betis" esa bu mavsum 5ta uchrashuvning 3tasida durang qayd etdi. Ammo ular "Real"ni taslim etgan "Sevilya"dan 3 ochko olishganini esdan chiqarmaslik lozim.


LaLiga, 6-tur. 27 sentyabr

23:00. "Alaves" - "Xetafe"

23:00. "Valyadolid" - "Levante" (Match TV. FUTBOL 3)

01:00. "Jirona" - "Betis" (Match TV. FUTBOL 3)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика