So’nggi yangiliklar

01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  1 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  3 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  52 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  30 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  109 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  697 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0

La Liga. O'tgan tur "Barsa"ni enggan "Real" 15-o'rindagi "Xetafe" darvozasiga yo'l topa olmadi Yangiliklar

La Liga. O'tgan tur "Barsa"ni enggan "Real" 15-o'rindagi "Xetafe" darvozasiga yo'l topa olmadi

Ispaniya chempionati 31-turidan o'rin olgan navbatdagi bahs bo'lib o'tdi.

"Xetafe" - "Real Madrid" 0:0
"Koliseum Alfonso Peres" stadioni

"Xetafe" – Soriya, Djene, Olivera, Nom, Maksimovich, Kukurelya, Arambarri, Timor, Alenya (Suares, 76), Mata (Anxel Rodriges, 65), Unal (Miranda, 90).

"Real Madrid" – Kurtua, Viktor CHust, Marselo, Odriosola, Militao, Rodrigo (Antonio Blanko, 65), Modrich, Vinisius Junior, Isko, Asensio (Arribas, 78), Mariano Dias (Benzema, 65).

Ogohlantirish: Vinisius Junior (54), Nom (58), Anxel Rodriges (75), Kukurelya (86).


Getafe

LaLiga . 33-tur

19/04/2021, 00:00

0
:
0
Tugadi

Real Madrid

Stadion: Coliseum Alfonso Perez, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
57'  Allan Nyom
65'  Jaime Mata (Angel Rodriguez)
75'  Angel Rodriguez
76'  Carles Alena (Damian Suarez)
86'  Marc Cucurella
90'  Enes Unal (Josete Miranda)
54'  Vinicius Junior
65'  Mariano Diaz (Karim Benzema)
65'  Rodrygo (Antonio Blanco)
78'  Marco Asensio (Sergio Arribas)

La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing 

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishinigiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

SHunday qilib, muhim bahsda "Barselona"ni enga olgan "Real" kutilmaganda "Xetafe" bilan o'yinda ochko yo'qotdi. 

SHu pallada, hakam qo'shib berilgan vaqt ham yakunlanganini va burchak to'pini tepishga imkon yo'qligini bildirdi. Umuman olganda "Xetafe" vakillari bundan xafa ham bo'lishmadi. Buni futbolchilarning reakciyasidan ham bilish mumkin edi. 

90+4-daqiqa. "Real" vakillari bir amallab himoyadan chiqib, maydon markaziga etib kelishgandi, lekin Iskodan to'pni olib qo'yishdi va qarshi hujum yuzaga kelishi mumkin edi, ammo CHust to'pni maydondan chiqarib yubordi.

90+3-daqiqa. "Xetafe" futbolchilari to'pni uzoqlashtirishdi.

90+2-daqiqa. Bugun sheriklarining o'yinidan xafsalasi pir bo'lgan Luka o'zi zarba berib ko'rdi, lekin to'p darvozadan yuqorilab o'tib ketdi. 

O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. Enes Unal o'rinini Mirandaga bo'shatib berdi.

O'yin oxiriga yaqinlashgani sari mezbonlar vakillarida charchoq alomatlari sezilib, futbolchilar galma-gal maydonga o'tirib olishmoqda. 

85-daqiqa. "Xetafe" futbolchisi jarima maydoni tashqarisidan zarba berib ko'rdi, lekin to'p mezbonlarning boshqa bir futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi. 

79-daqiqa. Odriosolaning qo'pol xatosidan keyin "Xetafe" keskin hujum uyushtirdi, zarbadan keyin to'p himoyachilardan biriga tegib, yo'nalishini ham o'zgartirdi, lekin Kurtua katta qiyinchilik bilan bo'lsada, darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi.  

78-daqiqa. O'zgarish! Yosh iqtidor sohibi bugun o'yini qovushmagan Marko Asensioni alishtirdi. 

Maydon chetida Serxio Arribas o'yinga qo'shilishga tayyor turibdi. 

77-daqiqa. Endi Isko oddiy vaziyatda to'pni raqibga sovg'a qildi. 

75-daqiqa. Ogohlantirish! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Anxel Rodrigesga hakam Blankoga nisbatan o'ta keskin o'ynagani uchun sariq kartochka ko'rsatildi. 

73-daqiqa. Uzoq burchakda to'pni kutib turgan Benzemaga Nom imkon qoldirmadi. 

70-daqiqa. "Real" raqib darvozasiga yo'l izlashda davom etmoqda, lekin hozircha buning iloji bo'lmayapti. 

68-daqiqa. Marselo yana xatoga yo'l qo'ydi.  

Eslatib o'tamiz, bu Antoni Blanko uchun asosiy jamoadagi debyut hisoblanadi.

65-daqiqa. O'zgarish! Darhol mezbonlar ham o'yinchi alishtirishga qaror qilishdi. Xayme Mata o'rniga Anxel o'yinga qo'shildi. 

65-daqiqa. O'zgarish! Zizu bir yo'la ikki nafar o'zgarishni amalga oshirdi. Mariano va Rodrigo o'rnini Benzema va Blankoga bo'shatib berishdi.   

62-daqiqa. Avvaliga jarima maydoni ichida CHust xavfli vaziyatning oldini olgan bo'lsa, keyin Marselo va Iskoni raqib futbolchilari maydonga qulatib, orqaga qaytib ketishdi.   

59-daqiqa. Marselo maydon markazida vaziyatni cho'zib yubordi va to'pni yo'qotdi, qarshi hujumga oshiqqan "Xetafe"ni urinishini Enes Unal yaxshi zarba bilan yakunladi, biroq Tibo Kurtua darvozaning yuqoriburchagiga ketayotgan to'pni qaytara oldi.   

55-daqiqa. Jarima zarbasini Timor amalga oshirdi, urinish aniq, ammo Kurtua uchun kuchsiz chiqdi va posbon to'pni osonlik bilan egallab oldi.  

53-daqiqa. Rodrigo, Vinisius, Marselo nozik harakatlar bilan to'pni bir-birlariga uzatishdi, lekin oxirgi pallada Mariano Dias o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'ldi. 

49-daqiqa. Marseloning uzatmasidan keyin Oliveyra bilan kurashda zarba berishni uddalagan Mariano Dias tizzasini ushlagancha, maydonga quladi. 

48-daqiqa. Ikkinchi bo'limdagi birinchi burchak zarbasini mezbonlar amalga oshirishdi, lekin omadsiz. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Ancha tezkor hujumlar bilan boshlangan birinchi bo'lim umumiy olib qaralsa, teng kurashlar ostida o'tdi va adolatli durang hisobi hozircha saqlanib turibdi.

45+2-daqiqa. "Real" ham hujumga o'tavermagach, bosh hakam hushtak chalib, jamoalarni tanaffusga chorladi.

45+1-daqiqa. "Xetafe"ning yana bir urinishi omadsiz chiqdi. Xavf bartaraf etildi.  

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Karles Alenya qulay vaziyatda bo'lishiga qaramay, to'pni osmonu-falakka ravona qildi.  

44-daqiqa. "Real" burchakdan to'pni o'yinga kiritadi. Futbolchilar standart vaziyatni tezda amalga oshirishdi, biroq niyatlariga eta olishmadi.  

40-daqiqa. Karles Alenya bilan kurashdan keyin Marselo yana oqsoqlanib qoldi... 

38-daqiqa. "Xetafe" oldinga o'tishga urinib ko'rmoqda, ammo hozircha mehmonlar himoyasi ishonchli o'yin ko'rsatmoqda. 

36-daqiqa. Rodrigo "Xetafe" jarima maydoniga kiraverishda to'p o'rniga David Timorning oyog'iga zarba berib yubordi.  

30-daqiqa. To'p asosan maydon markaziga yaqin hududda "aylanib yuribdi". 

28-daqiqa. Xavfli vaziyat! Darvozabondan ham to'p bilan oldinga o'ta olgan Mariano gol urishiga himoyachilar yo'l qo'ymadi.  

23-daqiqa. Hozir Zidan jamoasini darvoza ustunigina qutqarib qoldi, Kurtua ham to'pga eta olmagandi, lekin Mataning zarbasidan keyin to'p darvoza to'riga borib tushishni istamadi.  

21-daqiqa. Iskoning ajoyib uzatmasidan keyin Vinisius bo'sh hududga qochib ketdi, lekin braziliyalikning jarima maydoniga yaqinlashib, amalga oshirgan uzatmasi raqib futbolchisiga borib tushdi. 

20-daqiqa. O'yinning deyarli to'rtdan bir qismi o'tgan bir pallada "Xetafe" to'pga egalik qilish bo'yicha sezilarli ustunlikka ega bo'lmoqda.  

18-daqiqa. Rodrigo ehtimoliy xavfli qarshi hujumni to'p uzatishdagi xatosi bilan uzib qo'ydi.  

17-daqiqa. Anchadan buyon sartaroshga bormagan Iskoning zarbasi qovushmadi. 

13-daqiqa. "Real"ning birinchi burchak zarbasidan keyin ish zarbagacha etib bormadi.   

12-daqiqa. Luka Modrich ajoyib harakat bilan bir raqibini dog'da qoldirdi va zo'r uzatmani amalga oshirgandi, lekin Mariano voqealar rivojidan ortda qolib ketgan ekan, to'pni o'ziga o'nglay olmadi.   

10-daqiqa. Endi hujum navbati mezbonlarda. CHap qanotdan rivojlangan hujumni Mauro Arambari yakunlamoqchi bo'ldi, lekin uning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

8-daqiqa. GOOOOOOOL! Mariano tezkor hujumdan keyin to'pni raqib darvozasiga yo'llay oldi, lekin hakam negadir golni inobatga olgisi kelmayapti... So'z "VAR"ga berildi... Va takroriy lavhani ko'rgan bosh hakam yordamchilari dominikanlik futbolchi o'yindan tashqari holatda deb topdi.  

7-daqiqa. Yana "Real" jarima maydoni ichida tahlikali holat. Avvaliga Kurtua, keyin esa Modrich raqiblar hisobni ochishiga yo'l qo'ymadi.   

5-daqiqa. Xavfli vaziyat! Marseloning xatosi sabab Xayme Mata o'yindan tashqari holatga tushmadi va o'ta qulay vaziyatga chiqib bordi, ammo so'nggi pallada yosh Viktor CHust mehmonlarni qutqarib qoldi.  

3-daqiqa. Hozircha o'yin ikki jamoa jarima maydonlari oralig'idagi hududda kechmoqda va hech bir klub xavfli vaziyat yaratishni uddalaganicha yo'q.

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi.

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishmoqda. Mavzudan biroz tashqari bo'lsada, OCHL 2-turi doirasida uchrashuvini o'tkazuvchi AGMK jamoasiga omad tilab qolamiz. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Xetafe" – "Real Madrid"

00.00, "Koliseum Alfonso Peres"

"Xetafe" – Soriya, Djene, Olivera, Nom, Maksimovich, Kukurelya, Arambarri, Timor, Alenya, Mata, Unal.

"Real Madrid" – Kurtua, Viktor CHust, Marselo, Odriosola, Militao, Rodrigo, Modrich, Vinisius Junior, Isko, Asensio, Mariano Dias.


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика