So’nggi yangiliklar

07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  2 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  5 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  6 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  3 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  8 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  16 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  29

La Liga. "Real" nursiz durang qayd etdi Yangiliklar

La Liga. "Real" nursiz durang qayd etdi

Ispaniya chempionati 32-turidan o'rin olgan "Real Madrid" va "Betis" o'rtasidagi bahs yakunlandi.

Real Madrid – Betis 0:0 

«Estadio Alfredo Di Stefano»

Real Madrid – Kurtua, Nacho, Varan, Karvaxal (Odriosola, 68), Militao, Isko (Marselo, 68), Kazemiro, Asensio (Azar, 77), Modrich (Antonio Blanko, 77), Rodrigo (Vinisius Junior, 59), Benzema.

Betis – Bravo, Emerson, Ruis, Miranda, Mandi, Kanales, Rodriges, Guardado (Vilyam Karvalyu, 88), Xoakin (Ruibal, 59), Laynes (Xuanmi, 80), Iglesias (Moron, 80).

Ogohlantirishlar: Isko (35), Bravo (90), Moron (90).

Ayrim sabablarga ko'ra matnli translyaciyani olib borishda muammo yuzaga keldi, bu uchun o'quvchilardan uzr so'raymiz. 

39-daqiqa. Karim Benzema qulay vaziyatga chiqib bordi va zarba ham yo'lladi, ammo takroriy lavhadan keyin hakamlar forvardning o'yindan tashqari holatda qolganini takidlashdi.  

35-daqiqa. Ogohlantirish! Iskoga qo'pol harakati uchun sariq kartochka ko'rsatildi. 

28-daqiqa. "Real" tashabbusni o'z tomoniga og'dirgandek, ammo ketma-ket hujumlardan hozircha naf chiqmadi. 

25-daqiqa. Karim Benzemadan ajoyib harakatlar, franciyalik avvaliga Rodrigoga assist rolida o'zini ko'rsatdi, keyingi urinishda esa o'zi to'p bilan jarima maydoniga kirib zarba yo'lladi, Bravo avval to'pni qaytarib, keyin ushlab oldi. 

22-daqiqa. Yana bir burchak zarbasidan "Real" naf chiqara olmadi.  

21-daqiqa. O'yin ancha sokin ruhda davom etmoqda. 

Zarbani Isko amalga oshirdi, lekin ispaniyalikning urinishi omadsiz chiqdi. 

18-daqiqa. Guardado jarima maydoni chizig'i ustida Kazemironi qo'pollik bilan yiqitdi.

16-daqiqa. "Real" vakillari to'pni nazorat qilishmoqda. 

14-daqiqa. CHap qanotdan Nacho ijrosidagi uzatmadan keyin Benzema to'pni darvozaga joylab qo'yishga tayyor turgandi, lekin himoyachi katta qiyinchilik bilan bo'lsada, bunga imkon bermadi. 

12-daqiqa. Xoakin Sanchesning to'p uzatishdagi xatosi "Betis"ning hujumini uzib qo'ydi.  

10-daqiqa. "Betis" o'yindagi birinchi burchak zarbasini amalga oshirdi, lekin uzatmadan keyingi zarba qovushmadi.  

8-daqiqa. Luka Modrich to'pni qo'li bilan o'ynadi deb topildi. 

4-daqiqa. "Betis" bugun himoyada turib olmoqchi emasligi va to'p nazorati uchun ham kurashishini ko'rsatib qo'ymoqda.

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика