La Liga. "Real" "Santyago Bernabeu"da ishonchli g'alabani tantana qildi - keyingi "o'lja" "Liverpul"
11 mar 2023 19:59
Yangiliklar
La Liga. "Real" "Santyago Bernabeu"da ishonchli g'alabani tantana qildi - keyingi "o'lja" "Liverpul"
"Real Madrid" – "Espanol" 3:1
11 mart, "Santyago Bernabeu" stadioni
Gollar: 0:1 – 8 Xoselu, 1:1 – 22 Vinisius Junior, 2:1 – 39 Militao, 3:1 – 90 Asensio.
"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Militao, Kamavinga, Modrich (Asensio, 72), Kroos (Sebalos, 74), Tchuameni (Ryudiger, 74), Valverde, Vinisius Junior (Rodriges, 90), Rodrigo.
"Espanol" – Pacheko, Sanches (Puado, 75), Xil (Per-Gabriel, 69; Aleish Vidal, 84), Serdji Gomes (Melamed, 85), Montes, Kabrera, Gragera (Denis Suares, 75), Vinisius Kosta, Darder, Xoselu, Breytueyt.
Ogohlantirishlar: Kabrera (19), Vinisius Junior (32), Xil (56), Sebalos (86), Karvaxal (87).
Real Madrid Vinicius Junior - 22', Eder Militao - 39', Marco Asensio - 90' LaLiga . 25-tur 11/03/2023, 18:00
Espanyol Joselu - 8' Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 59782 tomoshabin Bosh hakam: Jorge Figueroa
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin bo'ldi.
90+3-daqiqa. GOOOOOOL! Marko Asensio masalani butkul hal qilib qo'ydi.
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
90-daqiqa. O'zgarish! Vinisius Junior o'rniga Alvaro Rodriges
87-daqiqa. Ogohlantirish! Dani Karvaxal sariq kartochka olishni juda istagandek... Butkul kerakmas joyda himoyachi hushtakdan keyin to'pni ochiqchasiga tepib yubordi va ogohlantirildi.
86-daqiqa. Ogohlantirish! Nacho sariq kartochka ishlab oldi.
85-daqiqa. O'zgarishlar! 69-daqiqada zaxiradan tushirilgan Ronel Per-Gabriel jarohat oldi va uning o'rnini Aleysh Vidal egalladi. Per-Gabrielga sog'liq tilaymiz.
75-daqiqa. O'zgarish! Ruben Saez hamda Xlose Gragera o'rniga Xavi Puado va Denis Suares maydonga tushdi.
75-daqiqa. RODRIGO! Jarima zarbasidan juda chiroyli gol urishi mumkin edi, biroz omad etishmadi — to'p to'singa tegib maydonni tark etdi.
74-daqiqa. O'zgarish! Toni Kroos va Orelen Tchuameni o'rniga Dani Sebalos hamda Antonio Ryudiger maydonga tushdi.
72-daqiqa. O'zgarish! Modrich o'rniga Marko Asensio o'yinga qo'shildi.
69-daqiqa. O'zgarish! Mehmonlar safida Oskar Xil o'rniga Ronel Per-Gabriel tushirildi.
56-daqiqa. Ogohlantirish! Oskar Xil to'p uchun kurashda Vinisiusga nisbatan fol ishlatdi va sariq kartochka ishlab oldi!
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Birinchi bo'lim yakunlandi! Avvaliga gol o'tkazib yuborganiga qaramay, "Real" ikkita gol urdi va tanaffusga g'olib sifatida chiqib ketdi!

39-daqiqa. GOOOOOOOL! Eder Militao birinchi bo'limdayoq "qirollik klubi"ni oldinga olib chiqmoqda. Tchuamenidan ajoyib trivela.
32-daqiqa. Ogohlantirish! Vinisius Junior raqibning ehtimoliy xavfli hujumini qo'pollik bilan to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi!
Ustunlik to'liqligicha "Real" tomonga o'tib ketdi, mehmonlar Kurtuani umuman bezovta qilishmayapti.

23-daqiqa. GOOOOOOOL! Vinisius Junior bir o'zi gol yaratdi. Tinchlaning, Benzema bo'lmasa, men borman, degandek. Hisob tenglashdi 1:1.
20-daqiqa. "Real" burchak zarbasidan naf chiqara olmadi.
19-daqiqa. Ogohlantirish! Leandro Kabrera sariq kartochka ishlab oldi.
15-daqiqa. Jarima zarbasidan keyin "Espanol" ikkinchi golni urib ketishi mumkin edi. Sal qolishiga sal qoldi.
14-daqiqa. Kamavinga jarima maydonchasi markazida paydo bo'ldi va zarba yo'lladi, lekin kiper Pacheko o'z o'rnida.

8-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Xoselu mehmonlarni oldinga olib chiqmoqda. Ajoyib hujum va undan qolishmaydigan zarbadan keyin Kurtua tomoshabin rolini bajardi.
1-daqiqa. O'yin boshlandi!


O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar